“Bilayn” roumingi: yangi kengayish
24.02.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) xalqaro rouming geografiyasini navbatdagi kengaytirilganligi haqida xabar beradi.

“TELUS” (Kanada), “CADCOMMS” (Kambodja), “Telefonica O2” (Chexiya), “Oman Mobile” (Ummon) va “Vodafone Kerala” (Hindiston) kompaniyalari bilan GPRS-rouming xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar tuzildi. Bundan tashqari, endi “Bilayn” abonentlari «Viva» (Bahrayn), MTN (Benin) va “Vodafone Kerala” (Hindiston) tarmoqlarida ovozli roumingdan foydalana oladilar. CAMEL-rouming xizmatlaridan “Tango” (Lyuksemburg) va “Telefonica O2” (Chexiya) hamkor tarmoqlarida foydalanish mumkin.

beeline_24_02_2011

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel” MCHJ Texnik direktori Anton Golikov shunday dedi: “Bugun quruqlikning 90% dan ortig‘i «Bilayn» roumingi bilan qamrab olingan, biroq, shunga qaramay, uni kengaytirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda. O‘zbeksitonda birinchi raqamli rouming-operatori statusi bizga, abonentlarimiz dunyo bo‘ylab kezganlarida o‘zlarini dadil his qilishlari uchun, mazkur yo‘nalishni doimiy ravishda rivojlantirib borish majburiyatini yuklaydi”.

Eslatib o‘tamiz, “Unitel” abonеntlari uchun noyob CAMEL-rouming xizmati mavjud, ya’ni $50 li kafolatli to‘lovsiz, abonеnt balansi $0 ga kеlmaguncha har qanday musbat balansda rouming xizmatidan foydalanish mumkin. Hisobdagi mablag‘ esa rеal vaqtda yеchilib boriladi. CAMEL-roumingni aktivlashtirishga hojat yo‘q, chunki u tеlеfonda avtomatik ravishda yoqilgan. Bu xizmat turidan oldindan to‘lash to‘lov tizimida bo‘lgan abonеntlar-jismoniy shaxslar, hisobida har qancha musbat qoldiq mavjudligida, foydalanishlari mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq