“iStore” servis markazi “Beeline Club” ning hamkoriga aylandi
23.02.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) “iStore” servis markazining “Beeline Club” hamkorlik dasturiga qo‘shilganligi haqida e’lon qiladi. Endilikda “Gold” va “Platinum” imtiyoz kartalari Apple kompaniyasining barcha mahsulotlariga servis xizmat ko’rsatish va ularni ta’mirlash bo‘yicha to‘la xizmatlar kompleksiga mos ravishda 10% va 15% chegirmalarni kafolatlaydi.
Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: «Beeline Business» abonentlari bonusli dasturimizga qo‘shilgan holda hamkorlikini kengaytirayotganliklaridan mamnunmiz. O‘tgan yilning kuzida «iStore» bizning korporativ mijozimizga aylangan edi. Biz microSIMlarini sotish bo‘yicha faol hamkorlik qilgan edik. Endi “Bilayn”ning klub kartalari egalari ushbu noyob do‘konda chegirmalar olishlari mumkin”.
Eslatib o‘tamiz 2010 yil 2 martdan boshlab, “Bilayn”ning har bir mijozi *777# bepul so‘rovni jo‘natib, “Beeline Club”ga ulanishi va dastlabki 20 bonus ballni sovg‘a tariqasida olishi mumkin. Bundan keyingi ballar “Bilayn”ning xizmatlaridan odatiy foydalanganlik uchun hisoblanadi: dasturning ro‘yxatga olingan qatnashchilari endi pul sarflabgina qolmay, balki bonuslarni ham ishlab topadilar.
Batafsil ma’lumot www.beelineclub.uz saytida.
Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi