“Bilayn” “Zamin Film” ning yangi komediyasining homiysi bo‘ldi
22.02.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) “Zamin Film” studiyasi tomonidan ishlangan, rejissor Jahongir Foziljonovning “Ali, Vali, G‘ani… Nasiba qani?..” yangi xushchaqchaq komediyasini prokatga chiqqanligi haqida xabar qiladi. Milliy estrada yulduzi, “Zo’r-Zo’r” tarif rejasining ramzi 19 fevaldan Kinochilar uyi, “G‘uncha” va “Toj Mahal” ekranlarida namoyish etilayotgan filmda bosh rolni ijro etdi.

“Biz filmni ishlashda katta hissa qo‘shganligi uchun “Bilayn”dan miinatdormiz, – voqeani sharhlaydi Jahongir Foziljonov. – Bizning filmda siz O‘zbekiston uchun noyob bo‘lgan product placementni ko‘rishingiz mumkin. Biz uni eng yuqori darajada ijro etishga harakat qildik. Umid qilamanki, birgalikdagi faoliyatning yangi tajribasi muvaffaqiyatli bo‘ladi va hamkorlikni davom ettirishimiz mumkin. “Bilayn” esa hozirdan “Eng yaxshi tasvir ishi” uchun sovrin berishga tayyor – ular bunga munosib”.

beeline_17_02_20111

Filmning rasmiy posteri tasvirlarda iste’dodli tasvirchi ishtirok etganidan yaqqol dadolat beradi. Tasvirlarning bir qismi bevosita “Bilayn” ofisida amalga oshirildi.

“Kinematografimiz ravnaqi uchun hissa qo‘shish – istalgan kompaniya uchun ulug‘ sharaf, — dedi “Unitel” ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Biz Jahongir Foziljonov bilan anchadan ber ishlaymiz va uni yangi qirrasini ko‘rganimizdan xursandmiz. “Bilayn” homiylik qilgan komediya ko‘p muxlislarini topishiga ishonchimiz komil”.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval “Bilayn”ning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi http://www.facebook.com/beeline.uzb korporativ sahifasida premyera namoyishiga chiptalar o‘ynalgan edi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq