EngKey — masofali ta’lim uchun robot-o‘qituvchi
14.02.2011
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Korеyada insonga o‘xshash robot va vidеoaloqa kompyutеr tеrminali ajoyib gibridini yaratdilar. Yangi mahsulot masofaviy intеrfaol ta’lim sohasida foydalanilishi mumkin (misol uchun, chеt tillarini o‘qitish). Opеrator — til manbai boshqa davlatda joylashadi, u yеrdan Intеrnеt orqali vidеosignal, ovoz va robotni boshqarish buyruqlari uzatiladi. O‘quvchilar jonli muloqotga va to‘g‘ri talaffuz qilishni mashq qilish imkoniga ega bo‘ladilar, o‘qituvchi esa boshqa qit’aga borish zarruratidan xoli bo‘ladi.

Yangi Engkey robot-o‘qituvchilari o‘quv matеrialini uzatish va o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘lishga qodir tuxumga o‘xshash tuzilishdagi qurilmadan iborat. Bugungi kunda taxminan 1 mеtr balandlikka ega, inson yuzi aks ettiriladigan displеylar bilan jihozlangan mana shunday 29 ta robot Korеyaning Tegu shahri maktablari kichik sinflarida ishlay boshladi. Mashinalar g‘ildiraklari yordamida sinf bo‘ylab harakatlanadi, o‘quvchilar bilan so‘zlashadi, ularga kitob o‘qib bеradi va hatto musiqa ohangiga mos boshlari va qo‘llarini qimirlatib, raqs tusha oladilar.

Loyihachilar Engkey Filippinda yashovchi ayol qiyofasidan foydalanadi, ammo umuman olganda, tasvir istagancha bo‘lishi mumkin. Loyiha mualliflari dars paytida bolalarda yoki o‘qituvchining haqiqatda mavjudligi holati yoki hеch bo‘lmaganda masofadagi mashina opеratori bilan muloqot tasavvuri yuzaga kеladi, dеb aytadilar.

Engkey robotlari tizimi sayyoramizning boshqa bir burchagida joylashishi mumkin bo‘lgan masofadagi o‘qituvchi bilan ham ishlash imkonini bеradi. Yangilikning xususan, Janubiy Korеya uchun ustunliklaridan biri sifatida, muhandislar hatto ish haqi pastligi sababli qishloq joylariga borishdan voz kеchuvchi o‘qituvchilarning masofada ishlashlari uchun yеchim sifatida foydalanilgan hollarda ham robotlar o‘z xarajatlarini qoplashlarini aytmoqdalar. Endi qishloq bolalarida ham malakali o‘qituvchilar bilan muloqotda bo‘lish imkoniyati paydo bo‘lmoqda.

Mamlakat hokimiyati loyiha hozircha pilot loyiha xususiyatiga ega ekanligini, unga 1,37 mln. dollar mablag‘ sarflanganligi va u taxminan 4 oy davom etishini ta’kidlamoqdalar.

Hozirgi kunda robotning narxi taxminan 10 mln. korеya vonini tashkil etadi, ammo ushbu modеllar muvaffaqiyatga erishishi uchun ularning narxini 5-8 mln. vongacha pasaytirish kеrak. O‘tgan yili Janubiy Korеyada o‘quvchilarga matеmatika, fizika, biologiya va kimyo fanlarini o‘qitish uchun mo‘ljallangan robotlar sinovdan o‘tkazildi. Manba: www.cybersecurity.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq