“Bilayn” 14 fevral kuniga yangi servisni taqdim etmoqda
11.02.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) “Zava Mobile” kontent-provayderi bilan hamkorlikda Barcha sevishganlar kuniga bayramona servisni taklif etmoqda.

beeline_11_02_2011

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Ko‘pchilik yoshlarga 14 fevral – o‘z yaqinlarini tabriklash, ularga sovg‘a qilish uchun ajoyib imkoniyat. Biroq, buning uchun hamma har doim ham kerakli so‘zlarni topa olmaydi. Bizning servis abonentlarimizdan qaysi birigadir ushbu kunni navbatdagi kutilmagan sovg‘a bilan bezagan holda yordam berishiga umid qilamiz”.

“She’rlar” xizmati yordamida har bir abonent o‘z telefoniga rus yoki o‘zbek tillarida she’r bilan yozilgan tekstni qabul qilishi mumkin. Buning uchun 5055 servis raqamiga ST (she’rlarni rus tilida qabul qilish uchun) yoki SH (she’rlarni o‘zbek tilida qabul qilish uchun) kodli SMS yuborish kerak.

Chiquvchi xabarning narxi – $0,30.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq