МТS-O‘zbekiston kompaniyasi o‘sha narxda yanada ko‘proq SMSlarni taklif etadi – «SMS-bonuslar» aksiyasi
10.02.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekistonning eng yirik mobil aloqa operatori MTS-O‘zbekiston kompaniyasi, «Мобильные ТелеСистемы» OAJning 100 foizlik sho‘ba korxonasi «SMS-bonuslar» aksiyasi ishga tushirilganini e’lon qiladi, uning shartlariga ko‘ra abonentlarga 100 foizgacha ko‘proq SMS-trafik beriladi.

2011 yil 10-28 fevral kunlari SMS-paketlarning aktiv foydalanuvchilari MTS-O‘zbekiston kompaniyasining yangi «SMS-bonuslar» aksiyasida ishtirok etishlari mumkin. Ushbu aksiya doirasida kompaniya abonentlari yangilangan SMS-paketlarni avvalgi narxda aktivlashtirishlari mumkin, unda O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMS-xabarlar soni 100 foizgacha ko‘paytirildi.

Quyidagi SMS-paketlarga ulanish mumkin:

mts_10_02_2011_1

«Bugun biz SMS orqali muloqotda bo‘lishni ma’qul ko‘radigan abonentlarimizga o‘z yaqinlarini bo‘lg‘usi bayramlar bilan tabriklashlari uchun SMS-xabarning eng arzon narxini taklif etamiz», – deb ta’kidladi, MTS-O‘zbekiston kompaniyasi bosh direktorining tijorat bo‘yicha o‘rinbosari Nuriddin Shodmonov.

Izohlar:
• Har bir paket narxi unga ulanganda abonent hisobidan olinadi. Istalgan paket aktivlashtirilganidan keyin abonent hisobida kamida $1 qolishi kerak;
• Bir vaqtda har bir raqamda ikkita SMS-paket aktivlashtirilishi mumkin. Har bir SMS-paketning amalda bo‘lish muddati aktivlashtirilgan kundan boshlab 30 kun;
• Aktivlashtirilgan SMS-paketda foydalanilmagan xabarlar nechta qolganini bilish uchun *111*017# USSD-komandani yuborish kerak;
• SMS-paketlardagi SMS-xabarlarni O‘zbekistonning barcha mobil operatorlari abonentlariga yuborish mumkin. Kontent-provayderlar xizmatlariga yuborilgan xalqaro chiquvchi SMS-xabarlar va SMS-so‘rovlar ular uchun belgilangan narxda narxlanadi. MMS-paketlardan iborat xabarlarni MTS-O‘zbekiston tarmog‘ida yuborish mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq