“Mening musiqam”: “Bilayn”ning eng zo‘r ringtonlarining TOP-10 taligi
09.02.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa opеratori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” MCHJ QK) “Mеning musiqam” xizmati ringtonlarining TOP-10 taligini taqdim etadi (Ring Back Tone (RBT) – kutish qo‘ng‘iroqlari o‘rniga musiqa).

beeline_9_02_2011

TOP-10 talik yakunlarini izohlar ekan, “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Mening musiqam” xizmatidan foydalanuvchilarning soni tobora ko‘payib bormoqda. Bugungi kunda ularning soni qariyb 700 mingtaga yetdi. Shu bilan birga auditoriyaning tilaklari ham ko‘paymoqda va biz ularga moslashishga harakat qilgan holda, RBT fonotekasini kengaytirib bormoqdamiz”.

“Mening musiqam” xizmati 2007 yil iyunida ishga tushirilgan. U qo‘ng‘iroq qilayotgan abonent uchun standart ulanish signalini ommaviy musiqa, hazil yoki g‘aroyib tovush bilan almashtirish imkonini beradi. Endilikda “Mening musiqam” http://sm.beeline.uz saytidan musiqa xarid qilinganda, 0644 raqamiga qo‘ng‘iroq qilinganda, shuningdek, musiqani ko‘chirib yoki sovg‘aga olganda avtomatik ravishda ishga tushadi. Bundan tashqari, do‘stingizning sizga yoqib qolgan musiqasini, agar u ham “Bilayn” abonenti bo‘lsa, osongina ko‘chirib olish mumkin. Buning uchun musiqani gudok o‘rnida eshitayotgan vaqtda * ni terish zarur. Bundan keyin telefonga SMS keladi, unga, agar do‘stngizning musiqasini o‘rnatishni istasangiz, “Ha” so‘zi, istamasangiz, “Yo‘q” so‘zi bilan javob qaytarishingiz kerak.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq