“Shunchaki! Bir yarim!”– “Bilayn” ning yangi tarifi
08.02.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) O‘zbekistondagi barcha mobil operatorlari abonentlariga qulay narxdagi chiqish qo‘ng‘iroqlarini taqdim qiluvchi “Shunchaki! Bir yarim!” yangi tarifi ishga tushirilganligi haqida e’lon qiladi.

Butun mamlakat bo’ylab chiquvchi qo‘ng‘iroq va SMS lar uchun yagona narx – atigi $0,015. Barcha kiruvich qo‘ng‘iroqlar – bepul va hech qanday abonent to’lovisiz.

Mazkur hodisani sharhlar ekan, “Unitel”ning ommaviy bozorini rivojlantirish bo‘yicha Tijorat direktori Marat Serikov quyidagilarni ta’kidladi: “Biz turli abonentlar o‘rtasidagi chegaralrni olib tashladik: yangi tarifda barcha qo‘ng‘iroqlar bir xil narxda. “Shunchaki! Bir yarim!” nomi o‘z o‘zidan nafaqat xizmat haqi to‘g‘risida ma’lum qiladi, balki taklifning nihoyatda oddiyligidan xabar beradi. Mijozlarimiz yangi qulay narx bo‘yicha “Bilayn”ning sifatli aloqasiga munosib baho berishlariga ishonchimiz komil”.

Bundan tashqari, “Shunchaki! Bir yarim!” tarifida hatto nolli balansda ham barcha mobil operatorlari abonentlaridan kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish mumkin. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq