“Bilayn” 2010 yilda “Ishonchli to‘lov” xizmatidan foydalanganlik sarhisobini qildi
07.02.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) 2010 yilda “Ishonchli to‘lov” xizmatidan foydalanganlik sarhisobini qilmoqda. Mazkur servisdan foydalanuvchilaring soni 2009 yildagiga nisbatan 36% o‘sdi.

“Biz O‘zbekiston bozorida ushbu ximatni birinchi bo‘lib taklif qildik, — qayd qildi “Unitel”ning ommaviy bozorini rivojlantirish bo‘yicha Tijorat direktori Marat Serikov.– “Ishonchli to‘lov” “Bilayn”ning eng ommaviy servislaridan biri bo‘lib qolmoqda va o‘tgan yilning o‘zida undan qariyb bir yarim million aholi foydalanganligi buni tasdiqlaydi”.

beeline_7_02_2011

Eslatib o‘tamiz, “Ishonchli to‘lov” xizmati abonentga 3 kun muddatga $0,3 dan $2,5 gacha kelasi to‘lov hisobi bilan qarzga olish imkoniyatini beradi. Xizmat birinchi navbatda hisoblarini katta bo‘lmagan miqdorda tez-tez to‘ldirib turadigan va doimiy aloqada qolishni istagan abonentlar uchun mo‘ljallangan. Shu topda, “Ishonchli to‘lov” ning summasi abonent tomonidan oxirgi 3 oy mobaynida aloqa uchun to‘lagan o‘ratcha summadan kelib chiqadi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq