Toshkent Gyote-instituti “Beeline Business”ni tanladi
04.02.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
“Beeline Business” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) Toshkent Gyote-instituti uchun qo’zg’alas aloqa xizmatlarini yetkazib beruvchi sifatida tanlab olindi.
Shu munosabat bilan “Unitel”ni Toshkent mintaqaviy filialining korporativ biznesni rivojlantirish bo’yicha Tijorat direktori Mixail Kulikov quyidagilarni ta’kidladi: “Biz Gyote-instituti bilan besh oy davomida muzokaralar olib bordik. Biz kerakli xizmatlar va servislar xususida o’zaro anglashuvga kelganimizdan mamnunmiz. Ishonamanki, bizni uzoq va mustahkam hamkorlik kutmoqda. Biz esa, o’z navbatimizda, yangi mijozga “Beeline Business”ning noyob xizmatlari keng ko’lamini taklif etishga tayyormiz”.
Hozirgi vaqtda mobil aloqa borasida hamkorlikni kengaytirish masalalari ko’rib chiqilmoqda.
Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi