МТS-O‘zbekistondan «Hisobni to‘ldirish uchun bonuslar» aksiyasi
02.02.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekistonning eng yirik mobil aloqa operatori MTS-O‘zbekiston kompaniyasi, «Мобильные ТелеСистемы» OAJ’ning 100 foizlik sho‘ba korxonasi, Andijon, Buxoro, Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona, Xorazm va Sharisabz filialidagi abonentlariga o‘z hisoblarini to‘ldirganda bonuslarga ega bo‘lish imkonini beradi.

2011 yilning 1-28 fevral kunlari MTS kompaniyasi abonentlari o’z hisoblarini 5 000 va 10 000 so’mga to’ldirsalar, SMS-paketlarga va Internet-paketlarga ega bo’lishlari mumkin.

Bonusga ega bo’lish uchun abonent MTS ofislarida naqd pul to’lab (shu jumladan bank plastik kartochkalari orqali), hamkorlarning to’lovlarni qabul qilish punktlari orqali hamda 5000 so’mlik Ekspress-to’lov kartochkalari orqali hisobni to’ldirishi kerak. Shundan so’ng abonentga u tegishli USSD-komanda yuborib, tarmoq ichida yuborish mumkin bo’lgan 50 ta SMSdan iborat paketga ega bo’lishi mumkinligi haqida SMS-xabar keladi.

Agar bir marta to’lovdan keyin abonent hisobiga 10 000 so’mdan ortiq pul tushsa, abonent o’z telefonida nafaqat 50 SMS-paketini, balki 25 Mb Internet-paketini ham aktivlashtirishi mumkin.

mts_2_02_2011

Paketda qancha SMS qolganini bilish uchun *111*017# USSD-komanda teriladi, *111*019# USSD-komanda orqali Internet-paketda qancha megabayt qolganini bilish mumkin.

Izox:
«Baxtli karta» aksiyasi ishtirokchilari «Hisobni to’ldirish uchun bonuslar» aksiyasida ishtirok etmaydi.

• Bonus paketni informasion SMS-xabar kelganidan keyin 24 soat ichida aktivlashtirish mumkin.
• Agar mazkur aksiya ishtorokchisining nomida bir nechta nomer mavjud bo’lsa, informasion SMS-xabar abonentnig barcha nomerlarga uboriladi va shu nomerlardan qaysi biri birinchi bo’lib paketlarni aktivlashtirish USSD-komandasini yoborsa bonus shu nomerga aktivlashtiriladi.
• Ushbu aksiyalardan faqat jismoniy shaxs hisoblangan abonentlar foydalanishlari mumkin.

Aksiyalar haqida qo’shimcha ma’lumotni 0890 raqami orqali MTS Aloqa markazida, kompaniya ofislarida va www.mts.uz saytida bilib olish mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq