“KT.KOMBA” klubi “Beeline Club” hamkoriga aylandi
02.02.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) “KT.KOMBA” klubining “Beeline Club” hamkorlik dasturiga qo‘shilganligi haqida e’lon qiladi. “Platinum” va “Gold” imtiyozli karta egalariga mashhur klubda 20% va 15 foizli chegirmalar beriladi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov quyidagilarni ta’kidladi: “Beeline Club” hamkorlik tarmog’ini faol ravishda kengaytirib bormoqda va bu qadar mashur klubning bizga qo’shilganligidan mamnunmiz. Ayniqsa “Gold” imtiyozli kartalari yanada hammabop bo’lganligi aktual masala: endi oltin kartani VIP Beeline tarifiga ulangan holda ham qo’lga kiritish mumkin”.

Eslatib o’tamiz 2010 yil 2 martdan boshlab, “Bilayn”ning har bir mijozi *777# bеpul so’rovni jo’natib, “Beeline Club”ga ulanishi va dastlabki 20 bonus ballini sovg’a tariqasida olishi mumkin. Bundan kеyingi ballar “Bilayn”ning odatdagi xizmatlaridan foydalanganlik uchun hisoblanadi: dasturning ro’yxatga olingan qatnashchilari endi pul sarflabgina qolmay, balki bonuslarni ham ishlab topadilar.

Batafsil ma’lumot www.beelineclub.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq