“Bilayn” muloqot chegaralarini kengaytirmoqda
02.02.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn ” (“Unitel” MCHJ va “Buzton”QK) CAMEL-rouming hududining navbatdagi kengaytirilganligi haqida xabar qiladi. Endi “Bilayn” abonentlari “Telefonica O2” (Slovakiya) tarmog’ida aloqadan foydalanishlari mumkin.

“Unitel” MCHJ Texnik direktori Anton Golikov hodisani quyidagicha sharhladi: “2010 yilda biz O’bekistonda birinchi sonli rouming, shu jumladan CAMEL-rouming, operatori maqomiga ega bo’ldik. Bugungi kunda ushbu xizmat bizning abonentlarimizga dunyoning 69 ta mamlakatining 111 ta operatori tarmog’ida aloqadan foydalanish imkonini beradi va uning hududini kenygatirish bo’yicha ishlar davom etmoqda”.

Eslatib o’tamiz, “Unitel” abonеntlari uchun noyob CAMEL-rouming xizmati mavjud, ya’ni $50 li kafolatli to’lovsiz, abonеnt balansi $0 ga kеlmaguncha har qancha ijobiy balansda rouming xizmatidan foydalanish mumkin. hisobdagi mablag’ esa rеal vaqtda yеchilib boriladi. CAMEL-roumingni faollashtirishga hojat yo’q, chunki u tеlеfonda avtomatik ravishda yoqilgan. Bu xizmat turidan oldindan to’lash to’lov tizimida bo’lgan har qanday abonеnt hisobida har qancha ijobiy qoldiq mavjudligida foydalanishi mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq