“Bilayn” 12 oy davomida TAS-IX faoliyatini muvofiqlashnirish ishlari bo’yicha hisobot berdi
31.01.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) “TAS-IX Ma’lumotlar Yetkazish Tarmoqlari O’zaro Aloqalari Markazi” NNT muvofiqlashtiruvchisi sifatida vakolatlarining muddati tugaganligi haqida e’lon qiladi.

TAS-IX ishtirokchilarining yakuniy yig’ilishida NNT Nizomiga muvofiq “Unitel” MCHJ Bosh direktori “Buzton” MChJ QK nomidan 2010 yilda tashkilot muvofiqlashtiruvchisi sifatida qilingan ishlar bo’yicha hisobot berdi (ishtirokchilar qarori bo’yicha har yili alfavit tartibda tashkilot muvofiqlashtiruvchisining rotatsiyasi amalga oshiriladi).

“TAS-IX kabi muhim tashkilotning beshta ta’sischilaridan biri bo’lish biz uchun sharaf, – voqeani sharhlaydi “Unitel” MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk. – 2010 yil Markazning muvofiqlashtiruvchisi sifatida muddatimizning ikkinchisi hisoblanib, unda yaxshi natijalarga erishildi, deyish mumkin. Boshqa provayderlar bilan hamkorlikda O’zbekistonda Internet-texnologiyalarni rivojlantirish uchun muhim bo’lgan bir qator masalalarni muhokama etish va hal qilishga erishdik. Oldinda hali trafik almashuv nuqtasi tarmog’ini modernizatsiya qilish bo’yicha katta ishlar turibdi va aminmanki ular o’z vaqtida muvaffaqiyat bilan amalga oshiriladi”.

Eslatib o’tamiz, “TAS-IX Ma’lumotlar Yetkazish Tarmoqlari O’zaro Aloqalari Markazi” NNT O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004 yil 27 yanvar kuni ro’yxatga olinib, xususiy AS30865 Avtonom Tizimini taqdim etgan RIPE xalqaro tashkiloti sifatida tan olingan. Batafsil ma’lumot www.tas-ix.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq