“Bilayn” 1 so’m evaziga “Mening musiqam” xizmatiga ulamoqda
27.01.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

. Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) yangi aksiya boshlanganligi haqida e’lon qiladi. 21 yanvar kuni SMS orqali maxsus taklif olgan barcha abonentlar atigi 1 so’mga 30 kunlik, “Bojalar” guruhining “Chegara” musiqasi yozilgan, “Mening musiqam” (Ring Back Tone (RBT) – kutish qo‘ng‘iroqlari o‘rniga musiqa) xizmati foydalanuvchisiga aylanishi mumkin.

Mazkur hodisani sharhlar ekan “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov quyidagilarni ta’kidladi: “Mening musiqam xizmati – “Bilayn”ning ommabop servislaridan biri hisoblanadi. Biz ishonamizki, “Bojalar” guruhining yangi xiti RBT ning yangi va amaldagi foydalanuvchilari uchun zo’r sovg’a bo’ladi”.

beeline_27_01_2011

Xizmatga 1 dan 4 fevralga qadar ulanish mumkin. Aksiyada qatnashish uchun *258# ko’rinishdagi so’rovni jo’natib, SMS-tarqatuvda ko’rsatilgan shartlarni aksiya o’tkazish mobaynida bajarish kerak. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq