“Bilayn” poytaxtda va Toshkent viloyatida GSM hamda 3G tarmoqlarini kengaytirmoqda
26.01.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) poytaxtda va Toshkent viloyatida GSM hamda 3G tarmoqlari qamrov zonasi kengaytirilishi haqida xabar qilmoqda.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Toshkent mintaqaviy filiali direktori Shuxrat Toxtabaev quyidagilarni ta’kidladi: “Filialimiz tarmog’i an’anaviy tarzda eng dinamik rivojlanayotlardan hisoblanadi. Bu yili biz uni masshtabli kengaytirilishining yangi bosqichini rejalashtirmoqdamiz. Maqsadimiz – “Bilayn” xizmatlaridan maksimum iste’molchilar foydalanishlariga yo’l ochish va bunga erishmoqdamiz. Yaqin ikki oyda poytaxtda 3G tarmog’i qurilishini tugatamiz va Toshkent hamda Sirdaryo viloyatlarida boshlaymiz”

beeline_26_01_2011

Yangi bazali stansiyalar qurilishi bilan Bekobod va Keles shaharlarining radioqamrovi yaxshilandi. Qo’shimcha uskuna o’rnatilishi bilan Zangiota tumani hamda poytaxtning Sergeli-7 massivida tarmoq sig’imi kengaydi. Bundan tashqari Toshkentning chekka qismlarida 3G tarmog’ining amal qilish zonasni kengaytirildi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq