“Bilayn”ning 3G-modemi bilan bahorgacha 2 yillik mobil Internetga ega bo’lish mumkin
25.01.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

“Bilayn” Yagona aloqa operatori (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) “USB-bonus” aktsiyaga ulanishning yangi imtiyozli shartlari haqida e’lon qiladi. “USB-modem Bilayn” xizmatiga atigi 85 000 so’m evaziga ulanib, har bir abonent 3G-modemga hamda balansida 4000 so’m bo’lgan SIM-kartasiga, shuningdek 2012 yilga qadar har oyda 50 ta bonusli Megabaytga ega bo’ladi.

Voqeani sharhlab, “Unitel” ning Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha katta menejeri Oraz Abdurazakov ta’kidladi: “USB-bonus” aksiyasi ko’rsatishicha, O’zbekistonda foydalanuvchilari soni ayni vaqtda simli Internetning abonentlari sonidan o’zib ketgan, mobil Internet, avvalgidek, juda ham talabgordir. Shov-shuvli talab sababli, biz vaqti-vaqti bilan, hatto devayslar yetishmasligiga yuz tutdik, shu bois bonusli Megabaytli 3G-modemlarni sotishni davom etishga qaror qildiq”.

Aksiya shartlari 2011 yil 28 fevraliga qadar amal qiladi. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq