“Bilayn” hamda MegaMobile.Uz loyihasi konkurs o’tkazmoqda
20.01.2011
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
“Bilayn” Yagona aloqa operatori (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) www.megamobile.uz. sayti bilan birgalikdagi aksiya o’tkazilishi haqida e’lon qiladi. Konkurs shartlariga ko’ra, “Bilayn”ning abonentlariga mobil aloqa bilan bog’liq qiziqarli voqeani ta’riflash taklif etiladi. G’oliblarga operatordan sovg’alar taqdim etiladi.
Voqeani sharhlab, “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalr bo’yicha katta menejeri Oraz Abdurazakov ta’kidladi: “Bizning kompaniyamiz hamkor OAVlar tomonidan berilgan istalgan takliflar uchun har doim ochiqdir. Biz MegaMobile.Uz loyihasidan do’stlarimizning bunday konkursni o’tkazish haqidagi g’oyasini qo’llab-quvvatladik. Ishonamizki, “Bilayn”ning abonentlari orasida o’zlarining ijobiy hayot tajribalarini almashishni istaydigan iste’dodli odamlar ko’p”.
Batafsil ma’lumot www.megamobile.uz saytida.
Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi