“Soyib Xo‘jayev tavalludining 100 yilligi” pochta markasining chiqarilishi haqida
12.01.2011
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

2010 yilda O‘zbekiston xalq artisti Soyib Xo‘jayev tavallud topganiga 100 yil to‘ldi (1910-1982yy.). Xalq artisti respublika milliy teatrining va kinosana’tinig rivojiga katta hissa qo‘shgan. Soyib Xo‘jayevning qoldirgan ijodiy merosi, O‘zbekiston madaniyatining Oltin fondiga kiritilgan.

Shu munosabat bilan “O‘zbekiston pochtasi” OAJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan 2010 yil 30 dekabrdan “Yubiley sanalar. Mashhur odamlar” turkumiga bag‘ishlangan “Soyib Xo‘jayev tavalludining 100 yilligi” nomli pochta markasi muomalaga chiqarildi.

soy_12_01_2010

Pochta markasida Soyib Xo‘jayevning portreti tasvirlangan, hayot yillari ko‘rsatilgan.

Pochta markasi ikki rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markasining o‘lchami 30×42 mm. Adadi 20 ming nusxa.

Manba: www.pochta.uz

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq