“Regionlar. Andijon viloyati” pochta markalarining chiqarilishi haqida
12.01.2011
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

andijan_12_01_2010

“Rerionlar. Andijon viloyati” pochta markalari turkumi zanjir ko‘rinishida chop etilgan. Turkum 2 ta pochta markasi va oraliqda joylashgan kupondan iborat.

“O‘zbekiston pochtasi” OAJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan 2010 yil 30 dekabrda “Rerionlar. Andijon viloyati” nomli pochta markalari muomalaga chiqarildi.

Pochta markalarida Andijon shahrining diqqatga sazovor joylari — Bobur haykali va Olimpiya zahiralari sport kolleji tasvirlangan. Kuponda Andijon viloyatining geografik xaritasi hamda tashkil topgan yili, maydoni, aholi soni va viloyat markazi ko‘rsatilgan.

Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarining o‘lchami 42×30 mm. Adadi 20 ming nusxa.

andijan_12_01_2010_1

Identifikatsiya raqamlari berilgan.

926. “Bobur” haykali (Andijon). Nominali — 900 so‘m.
927. “Olimpiya zahiralari sport kolleji” (Andijon). Nominali — 1200 so‘m.

Dizayner — Yusupaliyev U.

Manba: www.pochta.uz

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq