O’zbekistonda birinchi bor MTS kompaniyasidan 500 kilobaytgacha bo’lgan ММS-xabarlar
30.12.2010
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

O’zbekistonning eng yirik mobil aloqa operatori MTS-O’zbekiston kompaniyasi, «Мобильные ТелеСистемы» OAJning 100 foizlik sho’ba korxonasi, kompaniya abonentlari MTS-O’zbekiston va MTS-Rossiya tarmog’i abonentlari bilan 500 kilobaytgacha MMS-xabarlar almashish imkoniyatiga ega bo’lganini ma’lum qiladi.

2011 yil arafasida MTS-O’zbekiston kompaniyasi MMS-xizmatining aktiv foydalanuvchilari uchun ajoyib sovg’a taqdim etmoqda. 2010 yil 29 dekabrdan O’zbekistonda birinchi bo’lib MTS kompaniyasi abonentlari tarmoq ichida 500 Kb gacha bo’lgan MMS-xabarlar almashish imkoniyatiga ega bo’ldilar (avval MMS-xabarlar hajmi 300 Kbni tashkil etardi). Bundan tashqari, endi kompaniya abonentlari MTS-Rossiya kompaniyasi abonentlari bilan yanada ko’proq hajmli 500 Kb gacha bo’lgan raqamli fotosuratlar, yuqori sifatli audio- va videofayllar almashishlari mumkin.

MMS servisi GPRS-Internet va WAP xizmatlari bilan birga taqdim etiladi. Xizmatga kompaniya ofislarida yoki mustaqil ravishda «Shaxsiy kabinet» yordamida, shuningdek USSD-komandasi orqali *111*0011# ni yuborib ulanish mumkin. MMS/WAP/GPRS xizmatlariga birinchi marta ulangan abonentlar bepul «Sozlab ol» xizmatining 0876 raqamiga qo’ng’iroq qilib, ularni sozlab olishlari mumkin.

«MMS xizmati bizning abonentlarimiz orasida juda ommaviylashib bormoqda, kun sari foydalanuvchilar faqat ma’lumot almashish uchun emas, balki o’z his-to’yg’ulari bilan almashishni hohlaydiganlar soni oshib bormoqda. Shuning uchun biz o’z abonentlarimizga yaqinlari bilan nafaqat XK “Uzdunrobita” tarmog’i ichida, balki MTS-Rossiya taqmog’i abonentlari bilan 500 kilobaytgacha MMS-xabarlar almashish imkoniyatini yaratib berganimizdan juda xursandmiz», – deb ta’kidladi MTS-O’zbekiston kompaniyasi bosh direktorining tijorat bo’yicha o’rinbosari N. K. Shadmanov.

MMS xizmati haqida qo’shimcha ma’lumotlar 0890 raqami orqali MTS Aloqa markazidan, kompaniya ofislaridan yoki www.mts.uz saytidan olish mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq