«RED» va «TIME» tarif rejalari abonentlari uchun yangi xizmatlar
13.12.2010
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

O’zbekistonning eng yirik mobil aloqa operatori MTS-O’zbekiston kompaniyasi, «Мобильные ТелеСистемы» OAJning 100 foizlik sho’ba korxonasi, endi «RED» va «TIME» tarif rejalarining abonentlari ko’plab qo’shimcha xizmatlardan foydalanishlari mumkinligini ma’lum qiladi.

2010 yil 13 dekabrdan boshlab «RED» va «TIME» tarif rejalarida bo’lgan MTS-O’zbekiston kompaniyasi abonentlari «МMS-paketlar», «Tungi muloqot», «GOOD’OK», «GPRS-WAP paketlar», «GPRS-Internet paketlar», «SMS-paketlar», «SMS-yordamchi», «SMS-Ekstra», «VIP Kun», «3G Videoqo’ng’iroq», «Vizitka», «Xabarlar tarqatishni taqiqlash», «Sevimli raqam», «Xalqaro SMS-paketlar», «Kompyuterdan SMS/MMS yuborish», «Mobil televidenie», «Mobil yordamchi», «Mobil Portal *111#», «Mening raqamim», «Mening hisobim», «Ma’lumotlar uzatish», «Menga qo’ng’iroq qiling», «Shaxsiy kabinet» va «To’g’ridan-to’g’ri uzatish» xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.

Bundan tashqari, endi ushbu tarif rejalarining abonentlari MTS tariflari ro’yxatidan mos tarifni tanlab, o’z tariflarini o’zgartirishlari mumkin.

«MTS-O’zbekiston kompaniyasi doimo o’z abonentlariga eng ilg’or xizmatlar va innovatsion yechimlarni taklif etishga intiladi. Shu munosabat bilan bugun MTS-O’zbekiston kompaniyasi «RED» va «TIME» tarif rejalari abonentlariga oldin foydalana olmagan barcha xizmatlardan foydalanish imkoniyatini beradi», – deb ta’kidladi, MTS-O’zbekiston kompaniyasi bosh direktorining tijorat bo’yicha o’rinbosari N.K. Shadmanov.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq