Muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishi
13.12.2010
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan O‘zbekiston Respublikasida geoaxborot tizimlarini joriy etish hamda davlat kadastrlarining yagona tizimini shakllantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi masalalar, Ko‘chmas mulk va avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazishni xatlash, fuqarolarning muomala layoqati bo‘yicha notariuslar foydalanishini ta’minlovchi avtomatlashtirilgan tizimni yaratish konsepsiyasi loyihasi, Davlat organlarining rasmiy veb-saytlari orqali interfaol davlat xizmatlarini ko‘rsatish talablari loyihasi hamda Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2011 yilgi ish rejasi muhokama qilindi.

Muhokama jarayonida, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining Davlat kadastrlari yagona tizimi yaratilgani haqidagi axboroti va undan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda vazirlik va idoralar tomonidan davlat kadastrlarini yuritish bo‘yicha faoliyatlarini takomillashtirish to‘g‘risidagi takliflari tinglandi.

Ko‘chmas mulk va avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazishni xatlash, fuqarolarning muomala layoqati bo‘yicha notariuslar foydalanishini ta’minlovchi avtomatlashtirilgan tizimni yaratish masalalari bo‘yicha Adliya vazirligi taklif va mulohazalari muhokama qilindi. Yig‘ilish qatnashchilarining fikr-mulohazalaridan kelib chiqib, Adliya vazirligi tomonidan taqdim qilingan ushbu avtomatlashtirilgan tizimning yaratish konsepsiyasi ma’qullandi.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholi uchun davlat organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarni interfaol tarzda ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish, respublikada qog‘ozni tejash va undan oqilona foydalanish maqsadida davlat organlarining rasmiy veb-saytlari orqali interfaol davlat xizmatlarini ko‘rsatish talablari ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi.

Shu bilan birga, Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2011 yilgi ish rejasi loyihasi muhokama qilindi va tasdiqlandi.

Ko‘rilgan masalalar bo‘yicha mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlari tinglandi hamda mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan Muvofiqlashtiruvchi kengash hamda soha mutaxassislari tomonidan ko‘rsatma va takliflar berildi. Yig‘ilish natijalari yuzasidan Muvofiqlashtiruvchi kengashning tegishli qarori qabul qilindi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq