MTS-O’zbekiston abonetlari uchun «SMS-paketlarning» rekord darajada arzonlashuvi
13.12.2010
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

O’zbekistonning eng yirik mobil aloqa operatori MTS-O’zbekiston kompaniyasi, «Мобильные ТелеСистемы» OAJning 100 foizlik sho’ba korxonasi, yangi «SMS 850» SMS-paketi ishga tushirilishini hamda avvalgi SMS-paketlarning narxlari rekord darajada arzonlashtirilishini ma’lum qiladi.

2010 yil 13 dekabrdan boshlab SMS-muloqotdan aktiv foydalanuvchilar uchun MTS-O’zbekiston kompaniyasi yangi «SMS 850» SMS-paketini ishga tushiradi. Uni O’zbekistonning barcha mobil operatorlari abonentlariga yuborish mumkin. Bundan tashqari, kompaniya avvalgi SMS-paketlar narxlari arzonlashganini o’z abonentlariga ma’lum qilishdan mamnun.

Quyidagi «SMS-paketlar»ga ulanish mumkin:

mts_13_12_2010

«Yangilangan SMS – paketlar ,1-chi navbatda yoshlarga va boshqa aktiv SMS foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan. Bu xuzmat abonentlarga kamroq pul evaziga ko’proq SMS xabarlar yuborish imkonini beradi. Abonentlar e’tiboriga 5xil SMS-paketlar taqdim etiladi , tanlangan xizmat foydalanish xajmidan qat’iy nazar qulay foydalanish imkoniyatiga ega», — deb ta’kidladi, MTS-O’zbekiston kompaniyasi bosh direktorining tijorat bo’yicha o’rinbosari N.K. Shadmanov.

Har bir paket narxi unga ulanganda hisobdan olinadi. Har bir raqamga bir vaqtda ikkita «SMS-paket» ulash mumkin. Har bir «SMS-paket»ning amalda bo’lish muddati aktivlashtirilgan kundan boshlab 30 kun.
Aktivlashtirilgan SMS-paketda qancha foydalanilmagan xabarlar qolganini bilish uchun *111*017# USSD-komandasini yuborish kerak.

• Har bir paketni ulagandan keyin abonent hisobida kamida $2 qolishi kerak.
• Xalqaro chiquvchi SMS-xabarlar va kontent-provayderlar xizmatlariga yuborilgan SMS-so’rovlar ular uchun o’rnatilgan tarifda narxlanadi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq