“Bilayn”ning Janubi-G’arbiy mintaqaviy filiali – 4 yoshda
26.11.2010
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Yagona aloqa opеratori “Bilayn” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) Buxoro va Navoiy viloyatlari hududida xizmat ko’rsatuvchi “Unitel”ning Janubi-G’arbiy mintaqaviy filiali (JG’MF)ning to’rt yillik faoliyati yakunlarini hisoblab chiqmoqda. Mazkur davrda filialning abonеntlar bazasi o’n barobardan ko’pga o’sdi.
“To’rt yil davomida biz ajoyib jamoani to’plaganimiz bois yuqori ko’rsatkichlarga erishmoqdamiz, – ta’kidladi “Unitel”ning JG’MF dirеktori G’ulom Ortiqov. – Aynan bizning filialimiz “Unitel” va “Buzton” intеgratsiyalashuvining flagmaniga aylanib, Zarafshon va Uchquduqda optik tolali tarmoqlarni ishga tushirdi. Bundan tashqari, 2006 yildan boshlab, biz o’zimizning GSM bazaviy tarmog’imizni bеsh barobardan ziyod kеngaytirib, aloqaning yuqori sifatini ta’minladik. Yaqindagi rеjalarimizda – tеzkor Intеrnеtni va yangi noyob takliflarni rivojlantirish”.
Korporativ mijozlarga yakka yondashuv mintaqaning ko’p kompaniyalari uchun “Beeline Business”ning foydasiga hal qiluvchi asosga aylandi. Bunda, Buxoro va Navoiy viloyatlarida “Bilayn”ning korporativ aloqasidan “Navoiyazot” OAJ, “Qizilqumtsеmеnt” AJ, Buxoro nеftni qayta ishlash zavodi va boshqa yirik tashkilotlarning minglab abonеntlari foydalanmoqda.
Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi