Yangi lug‘atlar nashrdan chiqdi
23.11.2010
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Bugungi kunga kelib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari juda tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda va ularni xalq xo‘jaligining turli sohalarida joriy qilinishiga katta e’tibor qaratilmoqda.

Texnologiyalarning tez rivojlanishi va yangi apparat vositalari hamda dasturiy mahsulotlar yaratilishi natijasida yangi atamalar paydo bo‘lmoqda. Bu, o‘z navbatida, Atamashunoslik va lug‘atlar xizmatiga sohaga kirib kelayotgan, yangi texnologiyalarga oid atamalarni to‘plash, tartibga solish va davlat tiliga tarjima qilishdek muhim vazifalarni yuklaydi.

lugat_23_11_2010

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining «Fan» nashriyotida Atamashunoslik va lug‘atlar xizmati tomonidan soha mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan to‘rtta izohli lug‘at chop etildi.

So‘nggi yillarda radiotexnika sohasi, radiotexnik qurilmalarning quvvatini, ishlash masofasini, foydalanish qulayligini, tejamliligini oshirish, shuningdek, sifatli radiouzatish va radioqabul qilishni o‘rnatish, elektromagnit to‘lqinlarning yangi diapazonlarini o‘zlashtirish va ularning yanada aniq taqdim etilishiga erishish maqsadida, yildan-yilga takomillashib bormoqda. Soha mutaxassislari tomonidan turli davlatlar hamda ishlab chiqaruvchi firmalarning radiotexnika, radionazorat vositalarini montaj qilish va monitoringini qo‘llash, shuningdek, ularni ekspluatatsiya qilish jarayonida radiotexnika va radioo‘lchashlarga taalluqli atamalarni bilish talab etiladi. Yuqoridagi mulohazalar asosida «Radiotexnikaga oid atamalarning ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘ati»ni ishlab chiqish zarurati yuzaga keldi. Lug‘at alifbo tartibida joylashtirilgan 600 dan ortiq atama va uning ta’rifini o‘z ichiga oladi.

lugat_23_11_2010_1

«Kommutatsiya tizimlariga oid atamalarning ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘ati» Atamashunoslik va lug‘atlar xizmati, shuningdek, «UNICON.UZ» DUK boshqa mutaxassislarining mehnati samarasidir. Lug‘atni tuzishda texnikaga oid adabiyotlar va o‘quv qo‘llanmalaridan, Xalqaro telekommunikatsiyalar ittifoqi tavsiyalaridan hamda Internet materiallaridan foydalanildi. Lug‘atda telekommunikatsiyalar tarmoqlari, telekommunikatsiyalar tarmoqlarining chetki (telefon) qurilmalari, kommutatsiya (telefon) uskuna, kommutatsiya maydoni uskunasi, kommutatsiya asboblariga oid mavzular bo‘yicha alifbo tartibida joylashtirilgan 600 dan ortiq atama ta’rifi bilan keltirilgan.

O‘lchash tizimlari va tarmoqni boshqarish zamonaviy aloqa tarmoqlarining majburiy elementlari hisoblanadi, ularning yordamida tarmoq rekonfiguratsiyasi, aloqa tizimlari parametrlarining uzluksiz monitoringi, avariya holatlarini qayd etish, himoya qiladigan ulashlar, monitoring natijalarini saqlash va qayta ishlash vazifalari hal etiladi. Barcha ko‘rsatilgan operatsiyalar, avtomatik ravishda, o‘rnatilgan apparat va dasturiy vositalar yordamida bajariladi. Aloqa va axborotlashtirish sohasi mutaxassislari tomonidan telekommunikatsiyalar texnik vositalari parametrlarini o‘lchash metodlarining, shuningdek, turli davlatlar va ishlab chiqaruvchi firmalar o‘lchash vositalarining qo‘llanilishi hamda ularning bu vositalardan foydalanish jarayonidagi o‘zaro hamkorligi o‘lchashlar sohasida maxsus atamalardan xabardor bo‘lishni talab etadi. Aynan shu omillar «Telekommunikatsiyalarda o‘lchashlarga oid atamalarning ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘ati»ni yaratish zaruratini belgiladi. Lug‘atda alifbo tartibida joylashtirilgan 600 dan ortiq rus va o‘zbek tillaridagi atamalar va ta’riflar hamda shu atamalarning ingliz tilidagi muqobillari keltirilgan.

Simsiz texnologiyalar, kutilganidan ham tez va keng qamrov bilan, dunyoda tarqalib bormoqda. Simsiz tarmoqlardan hamma yerda foydalanish, biror-bir texnologiyaning ustun bo‘lishini, uning global tarqalishini taqozo qilmaydi. Aksincha, oxirgi foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qondirish uchun, simsiz aloqa turli texnologiyalarining mavjud bo‘lish zarurati tobora ravshanlashib bormoqda.

lugat_23_11_2010_2

Tarmoqlar va xizmatlarning, hozirgi vaqtda yuz berayotgan konvergensiya jarayoni, ko‘rsatilgan tarmoqlarda foydalaniladigan elementlar va proseduralarni belgilovchi ko‘p sonli atamalarning tushunilishini, bundan tashqari, turli mamlakatlar va ishlab chiqaruvchi firmalarning simsiz foydalanish tizimlarini montaj qilish, ulardan foydalanish, shuningdek, ularning birgalikda ishlashini ta’minlash, simsiz tizimlar sohasida maxsus atamalarning bir xil talqin qilinishini talab etadi. Bularning barchasi, simsiz foydalanish tizimlari bo‘yicha atamalarning izohli lug‘atini yaratish zarurligini taqozo qildi. «Simsiz foydalanish tizimlariga oid atamalarning ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘ati» alifbo tartibida joylashtirilgan 400 ga yaqin atama va uning ta’rifini o‘z ichiga olgan.

lugat_23_11_2010_3

Lug‘atlar respublikada birinchi marta nashr etilmoqda.
Bu lug‘atlar mutaxassislarning keng doirasiga, aloqa va axborotlashtirish sohasi ilmiy-texnik xodimlari, o‘qituvchilar, aspirantlar, talabalar, shuningdek, tegishli sohalar bo‘yicha xorijiy adabiyotlar bilan ishlovchi tarjimonlarga mo‘ljallangan.

Lug‘atlarni xarid qilish istagida bo‘lganlar quyidagi manzilga murojaat qilishlari mumkin: Toshkent sh., Bog‘ishamol ko‘chasi 7a — uy. «UNICON.UZ» — Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi DUK, Atamashunoslik va lug‘atlar xizmati. tel.: 235-93-37 www.unicon.uz

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq