MTS-O’zbekiston korporativ sahifasi endi barcha asosiy jamoat tarmoqlarida
23.11.2010
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

O’zbekistonning eng yirik mobil aloqa operatori MTS-O’zbekiston kompaniyasi, «Мобильные ТелеСистемы» OAJning 100 foizlik sho’ba korxonasi, barcha jamoat tarmoqlarida o’z korporativ sahifasi ishga tushirilishini ma’lum qiladi.

MTSning abonentlarga foydalanish borasida eng yaxshi tajriba berishga qaratilgan strategiyasini amalga oshirish doirasida MTS-O’zbekiston kompaniyasi foydalanuvchilarga jamoat tarmoqlarida ma’lumot olishning yangi imkoniyatlarini taqdim etmoqda.

2010 yil 22 noyabrdan boshlab MTS-O’zbekiston kompaniyasi abonentlari bevosita www.mts.uz korporativ saytidan Facebook, Twitter, «ВКонтакте», LiveJournal, «Мой Мир» Mail.ru, Одноклассники.ru kabi Internet-resurslaridagi MTS-O’zbekiston kompaniyasining shaxsiy sahifalariga o’tish imkoniyatiga ega bo’ldilar. www.mts.uz saytining pastki o’ng tarafida joylashgan ikonka orqali ko’rsatilgan resurslardan istalgan biriga o’tish mumkin. Bundan tashqari, ushbu servislar foydalanuvchilari ko’rsatilgan yangilikni o’z shaxsiy sahifasiga joylashtirib, o’z do’stlari va yaqinlari bilan korporativ yangiliklar almashishlari mumkin.

«Ijtimoiy tarmoqlar kundan kunga kundalik muloqotning, hatto ish bo’yicha muloqotning asosiy vositalarining biriga aylanmoqda. Foydalanuvchilar qiziqishlariga qarab tashkil bo’lgan ushbu tarmoqlar uyushmalari ommaviy axbototning ijtimoiy vositasi funksiyalarini bajarmoqda. Asosiy ijtimoiy tarmoqlarga kirishni rivojlantirib, biz o’z abonentlarimizga muloqot uchun, hamda zarur ma’lumotlarni olish uchun yanada ko’proq imkoniyatlar yaratmoqdamiz », – deb ta’kidladi, MTS-O’zbekiston kompaniyasi bosh direktorining tijorat bo’yicha o’rinbosari N.K. Shadmanov.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq