UCell: «Carucell» aksiyasining 2-bosqichi g‘oliblariga sovrinlar topshirildi
20.11.2010
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

UCell, O‘zbekiston Respublikasidagi ikkinchi mobil aloqa operatori va Yevropaning TeliaSonera tarkibiga kiruvchi kompaniya, “Carucell” aksiyasinining ikkinchi bosqichi natijalarini e’lon qildi va g‘oliblarga sovrinlar topshirish marosimini o‘tkazdi.

Eng katta yutuq — «Chevrolet Captiva» avtomashinasi uchun sertifikat — sovrin sohibi – Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi Inomiddin Yusupovga topshirildi. Bu “Carucell” aksiyasi davomida topshirilgan ikkinchi avtomashinadir.

«Men baxtiyorman. Birinchi marotaba bunday katta sovrin yutib olishga muvaffaq bo‘ldim. – dedi Inomiddin Yusupov. – Menga ushbu xabarni aytishganda, avvaliga ishonmadim. Lekin bu haqiqat ekan. Endi shuni bilamanki, har bir UCell abonenti men kabi avtomashina egasi bo‘lishi mumkin».

ucell_19_11_2010

Ayni paytda, boshqa yutuqlar – 10ta LCD televizorlar, 5ta kir yuvish mashinasi, 20ta mikroto‘lqinli pechlar, 50ta DVD-pleyerlar va yuzlab boshqa yutuqlar g‘oliblarini topdi.

Aksiyada qatnashib, 3 va undan ortiq, lekin sovringa yetarli bo‘lmagan ballar to‘plagan 6000 nafar abonent tarmoq ichida bepul 30 daqiqa va 30 SMS ga ega bo‘ldilar.

Eng muhimi — “Carucell” aksiyasi davom etmoqda va 1450 ortiq sovrinlar, jumladan, 3 ta «Chevrolet Captiva» avtomashinasi, 30 ta LCD televizorlar, 15 ta kir yuvish mashinasi, 60 ta mikroto‘lqinli pechlar va 150 ta DVD pleyerlar hamda yuzlab toster, fen, elektr choynak va dazmollar o‘z egalarini kutmoqda.

ucell_19_11_2010_1

Aksiya qoidalari oddiy. Har bir balans to‘ldirilganda har 5 ming so‘m uchun bir ball beriladi. Mobil telefon aloqasi xizmatiga qancha ko‘p to‘lasangiz — shuncha ko‘p ballar to‘planib, sovrinlar yutib olishga imkoniyat ham shuncha katta bo‘ladi.

Aksiya besh bosqichdan iborat bo‘lib, 2011-yil 31-yanvargacha davom etadi. Har bir bosqich yakunlanganidan so‘ng super-yutuq sifatida Chevrolet Captiva avtomashinasi mazkur bosqich davomida eng ko‘p bal to‘plagan abonentga topshiriladi. Boshqa abonentlar to‘plagan ballar miqdori asosida LCD televizorlar, kir yuvish mashinalari, mikroto‘lqinli pech, DVD pleyerlar va boshqa qimmatbaho sovrinlarni qo‘lga kiritadilar.

Bundan tashqari, aksiyada ishtirok etgan, biroq sovrin egasiga aylanmagan va aksiya yakunlariga ko‘ra 3 va undan ortiq ball to‘plagan har bir ishtirokchiga joriy kalendar oyi davomida foydalanish uchun tarmoq ichida bepul 30 daqiqa va O‘zbekiston bo‘yicha 30 SMS taqdim etiladi.

Batafsil axborotni www.ucell.uz sahifasida va kompaniya ofislarida olish mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq