UCell — 7 million abonent tanlovi
16.11.2010
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Ucell, O‘zbekiston Respublikasidagi ikkinchi mobil aloqa operatori va Yevropadagi TeliaSonera kompaniyasining tarkibiga kiruvchi kompaniya, 7 million abonent marrasini zabt etdi (O‘zbekiston Respublikasi abonentlarni ro‘yxatga olish tartib-qoidasiga asosan).

Kompaniya abonentlari soni tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. 3 oydan qisqa vaqt avval UCell abonentlari soni 6 millionga yetgan edi va endi yangi cho‘qqiga erishildi.

“Bizning kompaniyamiz uchun bu juda muhim voqea. UCell mamlakat aholisining ishonchini qozonishni davom etmoqda va barcha abonentlarimizga men o‘zimning chuqur minnatdorchiligimni bildirmoqchiman» — dedi janob Oguz Memigyuven, Ucellning bosh direktori. “Mobil telefon aloqasi insonlarning muloqot qilish va yaqinroq bo‘lishi uchun muhim vositadir. Biz kompaniyamiz abonentlarini yangi qiziqarli takliflar bilan xursand qilib kelaveramiz”.

UCell ushbu marrani qiziqarli tariflar, sifatli aloqa, yorqin brend va abonentlarning turli-tuman talablarini qondira oladigan eng zamonaviy texnologiyalarga asoslangan xizmatlar tufayli zabt etishga erishdi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq