MTS-O’zbekiston kompaniyasidan yangi «Ekskluziv» tarifi
15.11.2010
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

O’zbekistonning eng yirik mobil aloqa operatori MTS-O’zbekiston kompaniyasi, «Мобильные ТелеСистемы» OAJning 100 foizlik sho’ba korxonasi, yangi «Ekskluziv» tarifi ishga tushirilishini ma’lum qiladi.

Yangi «Ekskluziv» tarif rejasida MTS-O’zbekiston tarmog’ida muloqotda bo’lish 10 marta arzon, chunki suhbatning birinchi daqiqasidan so’ng qolgan barcha daqiqalar narxi – $0,0022, birinchi daqiqasi esa atigi – $0,022. Bunda barcha kiruvchi qo’ng’iroqlar – bepul va abonent to’lovi yo’q. O’zbekiston bo’yicha qolgan barcha chiquvchi qo’ng’iroqlarning bir daqiqasi narxi – $0,025.

Yangi «Ekskluziv» tarifiga MTS ofislarida, kompaniya dilerlik punktlarida va PAYNET to’lovlarni qabul qilish punktlarida ulanish mumkin. Boshqa tarifdagi MTS abonentlari quyidagi usullardan biri orqali «Ekskluziv» tarifiga o’tishlari mumkin:
• USSD-portal orqali, *111# raqamiga qo’ng’iroq qilib;
• *111*118# USSD-komanda yuborib;
• 616118 raqamiga SMS orqali 1 yuborib;
• «Shaxsiy kabinet» yordamida.

«Uzdunrobita» XK tijorat bo’yicha Bosh direktori o’rinbosari Nuriddin Shadmanov yangi tarif ishga tushirilishiga izoh berdi: «Hozirgi hayotimizda abonentlarga erkin va arzon muloqotda bo’lish imkoniyatini berish muhimdir, shu sababli bugun biz yangi «Ekskluziv» tarifni taklif etamiz, unda qo’ng’iroqlar narxi suhbatning 1-daqiqasidan keyin 10 marta arzonlashadi. MTSning yangi «Ekskluziv» tarifiga ulangan abonentlar butun O’zbekiston bo’ylab MTS abonentlari bilan erkin va qulay muloqotda bo’lish imkoniyatiga ega bo’ladi, bu esa 8 milliondan ziyod abonent demakdir».

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq