Yangi jurnal taqdimoti
09.11.2010
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: O‘zA.

Mamlakatimizda axborot texnologiyalari sohasini izchil rivojlantirish, aholi, ayniqsa, yosh avlodning zamonaviy texnologiyalarga oid bilimini yuksaltirish davlatimiz tomonidan yuritilayotgan siyosatning muhim yo‘nalishlaridandir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan ilmiy-texnikaviy, ma’naviy-ma’rifiy, ommabop “XXI asr texnologiyalari” jurnalining ta’sis etilgani buning dalilidir.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasida mazkur jurnalning taqdimot marosimi o‘tkazildi. Tadbirda tegishli vazirlik, idora, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar, jurnalistlar va pedagoglar ishtirok etdi.

dsc07846

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Sh.Solihov Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida fan va innovatsiya yutuqlarini jamiyatimizga keng tatbiq etish, yosh avlodning ijodiy, intellektual va ilmiy salohiyatini yuksaltirish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yuksak samara berayotganini alohida ta’kidladi. Bu boradagi ezgu ishlar ko‘lami Barkamol avlod yilida yanada kengaymoqda.

“XXI asr texnologiyalari” jurnali fan va texnologiyalarni rivojlantirish yo‘lida mamlakatimiz va jahonda ro‘y berayotgan yangiliklarni izchil yoritish, navqiron avlodni yangi texnologiyalarning nazariy va amaliy jarayonlariga keng jalb etishdek ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.

Nashrning nishona sonida “Texnologik taraqqiyot odimlari”, “Kelajak mo‘jizalari”, “Texnouskuna”, “Ilmiy laboratoriyalarda”, “Tengdoshlaring ijodidan”, “Tabarruk siymolar”, “Buyuk ixtirolar tarixidan”, “Qiziqqanga keng dunyo” kabi ruknlarda yurtimiz va jahon ilm-fani erishayotgan ilmiy yutuqlar, yaratilayotgan zamonaviy texnologiyalar ahamiyati keng yoritilgan.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq