«Qo’shimcha megabaytlar» aksiyasi yangi yilgacha davom etadi
03.11.2010
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

O’zbekistonning eng yirik mobil aloqa operatori MTS-O’zbekiston kompaniyasi, «Мобильные ТелеСистемы» OAJning 100 foizlik sho’ba korxonasi, «Qo’shimcha megabaytlar» aksiyasi 2010 yil 31 dekabrgacha uzaytirilganligini e’lon qiladi.

Eslatib o’tamiz, «Qo’shimcha megabaytlar» aksiyasida qatnashish uchun, mazkur aksiya doirasida «MTS-Konnekt» tarif rejasiga yo’ki MTS-O’zbekiston kompaniyasing brendli E1550 va MF100 USB-modemlarini xarid qilgan barcha abonentlarga 25 Mb yo’ki 1000 Mb bepul Internet trafikka ega bo’ladilar.

Ta’kidlash lozimki, abonent USB-modemni xarid qilganda, uni ichida maxsus karta joylashtirilgan. Bu kartaning himoya qatlami ostida maxsus kod mavjud. Bepul «Internet 1000» GPRS-paketini aktivlashtirish uchun abonent himoya qatlamini o’chirib, ko’rsatilgan kodni SMS orqali 901 raqamiga yuborishi kerak.

«MTS-Кonnekt» tarifiga ulanish, MTSning brendli USB-modemini kompaniyaning rasmiy dilerlaridan xamda rasmiy ta’minlovchi Sharifa.Com va TS Tehnology korxonalaridan xarid qilish mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq