«Ovozli xat» xizmatida narx arzonlashtirildi
01.11.2010
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

O’zbekistonning eng yirik mobil aloqa operatori MTS-O’zbekiston kompaniyasi, «Мобильные ТелеСистемы» OAJning 100 foizlik sho’ba korxonasi, «Ovozli xat» xizmatining narxi 20 foizga arzonlashganini ma’lum qiladi.

MTS-O’zbekiston kompaniyasidan navbatdagi xush xabar, 2010 yil 1 noyabrdan boshlab 1 ta ovozli SMS-xabar yuborish narxi $0,05 dan $0,04 ga arzonlashdi.

Eslatib o’tamiz, «Ovozli xat» xizmatidan foydalangan MTS-O’zbekiston abonentlari oddiy SMS-xabarlar orqali bo’lganidek voqea haqida shunchaki ma’lumot beribgina qolmay, balki ovoz yordamida his-tuyg’u va taassurotlar ulashib, o’z hissiyotlarini izhor qilishlari mumkin.

• Ovozli xabarni yuborish uchun abonentlar «Ovozli xat» qabul qiluvchi raqamini quyidagi formatda terishlari kerak: 998ХХххххххх, bunda ХХ – mintaqaga qarab xizmat ko’rsatuvchi operator kodi, ххххххх – qabul qiluvchi abonent raqami.
• Ovozli signaldan keyin o’z xabaringizni yozing, yozishni tugatish uchun # bosing.
• Qabul quiluvchi ovozli xabarni eshitishi uchun 88 raqamini terishi kerak.
• Abonentga kelgan barcha xabarlarni kelgan vaqtdan boshlab 15 kun ichida eshitish mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq