MTS-O’zbekiston kompaniyasining «VIP Kun» xizmatining narxi arzonlashdi
01.11.2010
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

O’zbekistonning eng yirik mobil aloqa operatori MTS-O’zbekiston kompaniyasi, «Мобильные ТелеСистемы» OAJning 100 foizlik sho’ba korxonasi, «VIP Kun» xizmatining narxi arzonlashganini ma’lum qiladi. Unga ulangan abonentlar butun kun davomida tarmoq ichida cheksiz marta qo’ng’iroqlar qilishlari mumkin.

2010 yil 1 noyabrdan boshlab MTS-O’zbekiston kompaniyasi o’z abonentlariga yangilangan «VIP Kun» xizmatini taklif etadi. Uni aktivlashtirish narxi $0,99 dan $0,77 ga arzonlashtirildi. Eslatib o’tamiz, ushbu xizmatni aktivlashtirgan abonentlar butun keyingi kun davomida MTS-O’zbekiston tarmog’ida bepul cheksiz muloqotda bo’lishlari mumkin.
Quyidagi usullar orqali xizmatni aktivlashtirish mumkin:

• *111*0991# USSD-komanda yuborib («Mobil yordamchi» xizmati);
• «Mobil portal *111#» orqali;
• «Shaxsiy kabinet» orqali;
• 616099 raqamiga SMS orqali 1 yuborib («SMS-yordamchi» xizmati).

«МТS–O’zbekiston kompaniyasi doimo o’z mijozlarining ehtiyojlarini qondirishga intiladi va doimo o’z takliflarini takomillashtirib boradi. Bugun kompaniyamiz tarmoq ichida ko’p qo’ng’iroqlarni amalga oshiruvchi abonentlar uchun arzonlashtirilgan «VIP Kun» xizmatini taklif etadi. Endi ushbu xizmatni aktivlahtirish narxi atigi $0,77 tashkil qiladi», — deb ta’kidladi MTS-O’zbekiston kompaniyasi bosh direktorining tijorat bo’yicha o’rinbosari N.K. Shadmonov.

Izoh
• Xizmat muvoffaqiyatli aktivlashtirilgach, keyingi kun boshida abonentga xizmat ko’rsatish vaqtincha to’xtatilgan bo’lsa, hisobga pul o’tkazilmaguncha xizmatdan foydalanib bo’lmaydi.
• Xizmatni aktivlashtirgan vaqtda abonent hisobida yetarlicha mablag’ ($0,77 dan ortiq) bo’lishi kerak. Aktivlashtirilganda mablag’ hisobga o’tkaziladi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq