MTS-O’zbekiston kompaniyasi «Videoqo’ng’iroq» xizmati narxlarini arzonlashtiradi
01.11.2010
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

O’zbekistonning eng yirik mobil aloqa operatori MTS-O’zbekiston kompaniyasi, «Мобильные ТелеСистемы» OAJning 100 foizlik sho’ba korxonasi, «Videoqo’ng’iroq» xizmatidan foydalanganda bir daqiqa $0,02 ga arzonlashganini ma’lum qiladi.

2010 yil 1 noyabrdan boshlab abonentlarga muloqotning kengroq imkoniyatlarini taqdim etuvchi «Videoqo’ng’iroq» xizmatidan foydalanishning bir daqiqasi $0,02 gacha arzonlashtirildi.

«Videoqo’ng’iroq» xizmatida bir vaqtda gaplashish va tasvir uzatish mumkin. Undan foydalangan abonentlar suhbat vaqtida suhbatdoshini eshitibgina qolmay, balki uni ko’rishi ham mumkin.

«Kompaniyamiz abonentlar qo’shimcha xizmatlardan foydalanishlari uchun qulayroq imkoniyatlar yaratib berishga doimo intiladi. Biz «Videoqo’ng’iroq» xizmatidan foydalanish narxlarining arzonlashuvi ko’p so’nli abonentlarimizga ushbu xizmatdan yana ham faolroq foydalanish imkoniyatini beradi deb ishonch bildiramiz», – deb ta’kidladi MTS-O’zbekiston kompaniyasi bosh direktorining tijorat bo’yicha o’rinbosari N.K. Shadmanov.

Xizmatdan foydalanish uchun 3G texnologiyasiga moslashgan telefon bo’lishi va 3G tarmog’i amalda bo’lgan hududda bo’lish kerak.

«Videoqo’ng’iroq» xizmati haqida batafsilroq ma’lumotni www.mts.uz saytida, kompaniya ofislarida hamda 0890 va +998971300909 raqamlari orqali Aloqa markazida olish mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq