«Ma’lumotlar uzatish» xizmati narxi arzonlashdi
01.11.2010
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

O’zbekistonning eng yirik mobil aloqa operatori MTS-O’zbekiston kompaniyasi, «Мобильные ТелеСистемы» OAJning 100 foizlik sho’ba korxonasi, «Ma’lumotlar uzatish» xizmatining narxi arzonlashganini ma’lum qiladi.

2010 yil 1 noyabrdan boshlab MTS-O’zbekiston kompaniyasining «Ma’lumotlar uzatish» xizmatidan foydalanganda chiquvchi aloqaning bir daqiqasi narxi $0,04 dan $0,025 gacha arzonlashdi.

Eslatib o’tamiz, «Ma’lumotlar uzatish» xizmatidan foydalangan abonentlar ma’lumotlar qabul qilish va uzatishning oson, oddiy va mobil tizimini yaratish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bu tizim ma’lumotlar almashishning bir qancha protokollariga moslashgan. O’rnatish va foydalanish oson bo’lgan «Ma’lumotlar uzatish» xizmati MTSning GSM xizmat doirasida hamda roumingda istalgan yerda va istalgan vaqtda foydalanish mumkin.

«Ma’lumotlar uzatish» xizmati narxlari:

mts_1_11_2010

* aloqaning birinchi sekundidan boshlab kiruvchi va chiquvchi aloqa narxlanadi.

«Ma’lumotlar uzatish» xizmatidan foydalanish shartlari
«Ma’lumotlar uzatish» xizmatidan foydalanishni boshlash uchun Siz:
• ma’lumotlar bilan ishlash uchun kabel, infraqizil yoki Bluetooth-aloqa yordamida moslamaga ulangan CSD (GSM Data) ma’lumotlar uzatish texnologiyasiga moslashgan mobil terminalga (telefonga yoki modemga) ega bo’lishingiz kerak;
• Mobil telefon raqamingiz uchun «Ma’lumotlar uzatish» xizmatini siz bepul «Mobil Yordamchi» ximati orqali yoki 0890 raqami orqali Aloqa markaziga qo’ng’iroq qilib, aktivlashtirish mumkin. Xizmatni aktivlashtirganingizda ma’lumotlarni qabul qilish va uzatish uchun Sizga alohida raqam beriladi;
• ma’lumotlar bilan ishlash moslamasida tegishli dasturiy ta’minotni o’rnatish va ishga tushirish kerak.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq