«Ajoyib suhbatlar» tarifida 50% arzonlashuv
01.11.2010
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

O’zbekistonning eng yirik mobil aloqa operatori MTS-O’zbekiston kompaniyasi, «Мобильные ТелеСистемы» OAJning 100 foizlik sho’ba korxonasi, «Ajoyib suhbatlar» tarif rejasida kunlik abonent to’lovi 2 marotabadan ko’pro’q arzonlashganini e’lon qiladi.

2010 yil 1 noyabridan «Ajoyib suhbatlar» tarif rejasida kunlik abonent to’lovi $0,11 dan $0,05 arzonlashdi. Ta’kidlash lozimki, ushbu tarifning asosiy ustunligi shundaki, tarmoq ichida suhbatning uchinchi va undan keyingi daqiqalar o’n marotaba arzon, chunki suhbatning birinchi 2 daqiqasidan keyin barcha keyingi daqiqalar narxi $0,001 (1 daq. uchun), birinchi ikki daqiqaning narxi – $0,01. Bundan tashqari, barcha kiruvchi qo’ng’iroqlar – bepul, O’zbekiston bo’yicha qolgan barcha chiquvchi qo’ng’iroqlar narxi – $0,025.

«Ajoyib suhbatlar» tarifiga МТS ofislarida va dilerlik punktlarida ulanish mumkin. Avval ulangan abonentlar («RED» tarif rejalariga ulangan abonentlardan tashqari) quyidagi usullardan biri orqali «Ajoyib suhbatlar» tarifiga o’tishlari mumkin:

• Mobil portal orqali: *111#;
• USSD-komanda yuborib: *111*117#;
• 616117 raqamiga SMS orqali «1» yuborib,
• «Shaxsiy kabinet» yordamida.

* Xalqaro qo’ng’iroqlar va qo’shimcha xizmatlarga o’rnatilgan tariflarga muvofiq alohida haq to’lanadi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq