“Yevropa. Qutb regionlarini va muzliklarni saqlash” pochta markasining chiqarilishi haqida
26.10.2010
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Ekologiya yomonlashib borayotgan sharoitda, muzliklarning erishiga, noyob hayvon turlari va o‘simliklarning yo‘qolib ketishiga butun dunyo davlatlari va jahon jamoatlari chetda qola olmadilar. 2008-yilning may oyida Finlyandiya va Chili Pochtalari atrof-muhitni saqlash borasida jahon harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun va “Qutb regionlarini va muzliklarni saqlaymiz” mavzusiga bag‘ishlangan badiiy pochta markalarini ishlab chiqish uchun jahon pochta ma’muriyatiga murojaat qildilar.

mark_25_10_2010_2

Umumjahon Pochta Ittifoqi Xalqaro byurosi Ittifoq a’zolarining operatorlariga 2010 yoki 2011-yilda “Qutblarni va muzliklarni saqlash” mavzusiga bag‘ishlangan yagona logotipi joylashtirilgan maxsus chiqariladigan pochta markalarini ishlab chiqishni taklif qildi.

“O‘zbekiston pochtasi” OAJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan 2010-yil 25-oktabrda “Yevropa. Qutb regionlarini va muzliklarni saqlash” nomli maxsus pochta markasi muomalaga chiqarildi.

Pochta markasida muzliklar va qutb faunasining yashovchilaridan biri – pingvinlar tasvirlangan. Markaning yuqori o‘ng tomonida rasmiy ravishda tasdiqlangan emblema joylashgan.

Pochta markasi bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markasining o‘lchami 30×42 mm. Identifikatsiya raqami berilgan:
925- “Yevropa. Qutb regionlarini va muzliklarni saqlash”. Adadi 20 ming nusxa. Nominal — 900 so‘m. Rassom — Yaykova O. Dizayner — Kartsevich Ye.

Manba: www.pochta.uz

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq