“16-Osiyo o‘yinlari, Xitoy (Guanchjou)” pochta markasining chiqarilishi haqida
26.10.2010
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

16-Osiyo o‘yinlari Guanchjou-2010 Xitoyda 2010-yil 12-noyabrdan 27-noyabrgacha bo‘lib o‘tadi. Musobaqada 42 sport turi bo‘yicha 10 000 dan ortiq sportsmenlar ishtirok etadilar.

Pochta markasi sport turidan biri – boksga bag‘ishlangan.

mark_25_10_2010_1

“O‘zbekiston pochtasi” OAJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan 2010 yil 25 oktabrda “16-Osiyo o‘yinlari, Xitoy (Guanchjou)” nomli maxsus pochta markasi muomalaga chiqarildi.

Pochta markasida ringdagi boksyorlar fragmenti tasvirlangan, markaning yuqori qismida o‘ng tomonida rasmiy ravishda tasdiqlangan “16-Osiyo o‘yinlari Guanchjou-2010” emblemasi va o‘zbek tilida lotin grafikasida «16-OSIYO O‘YINLARI, XITOY (GUANCHJOU)» yozuvi joylashgan.

Pochta markasi bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markasining o‘lchami 42×30 mm. Identifikatsiya raqami berilgan
924- “16-Osiyo o‘yinlari, Xitoy (Guanchjou)” Nominal — 800 so‘m. Adadi 20 ming nusxa.

Dizayner — Karimov T. Manba: www.pochta.uz

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq