ISO 9001:2008 xalqaro standartlariga javob beradigan sifat menedjmenti tizimlarini joriy qilish
22.10.2010
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

2010 yil yanvar oyidan boshlab, Qoroqolpog`iston Respublikasi Elektromagnit moslashuvi xizmati ISO 9001:2008 xalqaro standartlariga javob beradigan sifat menedjmenti tizimlarini joriy qilish bo`yicha ishlarni boshladi.

Uni o`rganib chiqish va amaliy yordam berish uchun 2010 yil 5-6 mart kunlari navbatdan tashqari ichki audit o`tkazildi. Asosan, navbatdan tashqari auditning maqsadi quyidagilarda ishonch hosil qilish edi:
QR EMMX da SMTni joriy qilinishi qay darajada ekanligi;
Yo`nalishlar bo`yicha ish joylarida qabul qilinadigan KINH talablari qay darajada bajarilayotgani;
LIda ko`rsatilgan lavozim vazifalari amalda bajarilayotgan ishda qay darajada mos ekanligi.

2010 yil 10 aprel kuni rejadagi ichki audut o`tkazildi. Audit jarayonida, belgilangan vaqtda tuzatilgan va bajarilgan, 2 nomuvofiqlik, jarayonlar faoliyatini yaxshilash bo`yicha 8 rekomendatsiyalar qayd qilindi. Audit davomida quyidagi ijobiy hodisalar aniqlandi:
QR EMMX hodimlari SMTni o`z bo`limlarida joriy qilinishi kuchli harakat qildilar;
Ko`zga ko`rinadigan tuzatishlar ko`rsatildi – ko`zga yaqqol tashlanadigan 2 tashviqot stendlari bezatildi, garajdagi ikki qutilar tartibga keltirildi;
Navbatdan tashqari audit natijalaridagi tanbehlarni bajarishga nisbatan hodimlarning punktual va diqqat bilan kirishishlari kuzatildi;
“Hodilmlarni jalb qilish” SMT tamoyilinining ijobiy amalga oshirilishi kuzatilmoqda;
QR EMMX SMT samaradorligi qoniqarli baholandi va QR EMMX kollektivi sertifikasion auditni o`tkazishga tayyor ekanligi e’tieof qilindi.

2010 yil 7 may kuni sertifikasion audit o`tkazildi va uning natijasida, ISO 9001:2008 xalqaro standartlariga javob beradigan, sifat menedjmenti tizimlari joriy qilindi va sertifikatlashtirildi.

2010 yil 22-23 sentyabrda EMMM mutaxassialari tomonidan o`quv-uslubiy seminarlari o`tkazildi, ya’ni RMX yetakchi injeneri Qodirov Anvar “Radiomonitoringni o`tkazishning asosiy ishlari, texnik va funksional imkoniyatlari, normative bazasi” va “IIB, DBQ, DSQ, MHH va O`zAAA vakillari bilan, REV va YuChMlarni O`zbekiston respublikasi hududiga noqonuniy ravishda olib kirish, sotish va ulardan foydalanish qo`shma tezkor-texnik tadbirlarni o`tkazish taribi” mavzularida, harakatdagi radioaloqa bo`limi boshlig`I Musaqulov Maqsud “Radiochastotali spektrni huquqiy himoyalash” va “Radiochastotalarni o`zlashtirish va hisobini olib borish tartibi” mavzularida, DUK EMMM sifat menedjeri Matjonova Matvera esa, “EMMM normativ-huquqiy hujjatlar bo`yicha kuzatish kursi” mavzusida ma’ruzalar o`qildi. O`quv seminari davomida QR EMMX hodimlari, ular qiziqqan savollariga javob oldilar

Elektromagnit Moslashuv Markazi
sems

EMMMning asosiy vazifalari quyidagilardir:
Radiochastota organi funksiyasini bajarish
O’zbekiston Respublikasi hududida fuqarolar uchun mo’ljallangan REV va YuCHQning ishchi radiochastotalari hamda chaqiruv signallarini berish va xisobga olish;
O’zbekiston Respublikasi hududida RchSning radiomanitoringi;
Radiochastotalarni taqsimlash va berishda elektromagnit moslashuvni ta’minlash;
REV da bo’ladigan radioxalaqitliklarni bartaraf etish;
Radiochastotalarni berish va elektromagnit moslashuvning hisob-kitoblari ma’lumotlarini avtomatlashtirilgan bazasi tizimini yuritish va muntazam takomillashtirib borish;
RChS foydalanuvchilari tomonidan RChDK Qarorlarining bajarilishini nazorat qilish;
Xalqaro hududiy me’yorlarni, Xalqaro elektraloqa ittifoqi va boshqa xalqaro tashkilotlarning RchSdan foydalanish sohasidagi ko’rsatma va tavsiyanomalarini amalga oshirish.

Manba: www.cemc.uz

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq