MTS-O’zbekiston kompaniyasining yangilangan «Ajoyib suhbatlar» tarif rejasi
30.09.2010
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

O’zbekistonning eng yirik mobil aloqa operatori MTS-O’zbekiston kompaniyasi, «Мобильные ТелеСистемы» OAJning 100 foizlik sho’ba korxonasi, «Ajoyib suhbatlar» tarif rejasida abonent to’lovi 2 marta pasayganligini xabar qiladi.

MTS-O’zbekiston kompaniyasi o’z abonentlariga yangilangan «Ajoyib suhbatlar» tarif rejasini taklif etadi. Endi ushbu tarif rejada har kunlik abonent to’lovi narxi $0,22 dan $0,11 ga arzonlashdi.

Eslatib o’tamiz, ushbu tarifning asosiy ustinligi shundaki, tarmoq ichidagi suhbatning uchinchi va keyingi daqiqalari o’n marta arzon, chunki dastlabki 2 daqiqadan so’ng keyingi suhbatlar daqiqasi narxi – $0,001, dastlabki 2 daqiqa narxi – $0,01. Bunda barcha kiruvchi qo’ng’iroqlar – bepul, O’zbekiston bo’yicha barcha qolgan chiquvchi qo’ng’iroqlar narxi – $0,025*.

«Biz MTS tariflari sonini ko’paytirib boramiz va har kuni mobil telefonda aktiv muloqotsiz o’z hayotini tasavvur qila olmaydigan abonentlar uchun «Ajoyib suhbatlar» tarif rejasini taklif etamiz. Endi yangilangan «Ajoyib suhbatlar» tarifiga ulangan kompaniya abonentlari mobil telefondagi muloqotlarini cheklamay, mobil aloqaning barcha ustunliklaridan foydalanishlari mumkin», – deb ta’kidladi, MTS-O’zbekiston kompaniyasi bosh direktorining tijorat bo’yicha o’rinbosari N.K. Shadmanov.

«Ajoyib suhbatlar» tarif rejasiga MTS ofislarida, kompaniya dilerlik punktlarida ulanish mumkin. Boshqa tarifdagi abonentlar («RED» abonentlaridan tashqari) quyidagi usullardan biri orqali «Ajoyib suhbatlar» tarifiga o’tishlari mumkin:

• Mobil-portal orqali: *111#;
• USSD-komanda orqali: *111*117#;
• 616117 raqamiga SMS orqali «1» yuborib;
• «Shaxsiy kabinet» yordamida.

* O’rnatilgan tariflarga muvofiq, xalqaro qo’ng’iroqlar va qoshimcha xizmatlarga alohida haq to’lanadi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq