Bilayn yangilangan www.beeline.uz saytini taqdim etadi
07.09.2010
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

“Bilayn” yagona aloqa operatori (“Unitel” MChJ va “Buzton” MChJ QK) yangilangan korporativ saytning ishga tushirilganligini ma’lum qiladi.

www.beeline.uz saytining yangi talqinida foydalanuvchilar ommaviy va korporativ bozor kesimida “Bilayn”ning istalgan xizmatlarini yanada tezroq topishlari mumkin. Axborotlardan foydalanish imkoniyatining mavjudligi hamda funksionalning ishonchliligi saqlangani bilan birga “Bilayn” abonentlari kompaniya to‘g‘risida, jumladan uning tarixidan boshlab rahbariyatining biografik ma’lumotlarigacha boxabar bo‘lishlari mumkin. “Bilayn”ning korporativ sayti uyali va qo‘zg‘almas aloqa, Internet tarmog‘iga mobil va statsionar kirish, maxsus takliflar va yana boshqa ko‘pgina narsalarni hamda yanada qulayroq navigatsiyali yangi dizaynni taklif qiladi.

Voqеani izohlar ekan, “Unitel” MChJ jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha katta mеnеjеr Oraz Abdurazakov shunday dеdi: “Unitel” va “Buzton”ning birlashish biznes-jarayoni kompaniya saytida ham o‘z aksini topmoqda. Yanada jipsroq integratsiya yuridik shaxslarga ajratilmagan yangi korporativ saytning yagona tuzilmasiga aylandi. Endilikda “Bilayn”ning barcha xizmatlari yangi dizayn va yangi www.beeline.uz elektron qobiq bilan birlashgan”.

Eslatib o‘tamiz, www.beeline.uz sayti ikki marotaba (2007 va 2009 yillarda) .UZ domenidagi Internet-festivalining “Eng yaxshi korporativ sayt” nominatsiyasida g‘olib chiqqan.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq