UCell: Balansni to‘ldirib, Chevrolet Captiva avtomashinasini yutib oling
23.08.2010
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

XK COSCOM MChJ (O‘zbekiston Respublikasida o‘z xizmatlarini USell savdo belgisi ostida ko‘rsatadi), mamlakatning ikkinchi mobil telefon aloqasi operatori, o‘zining Prepaid tizimi abonentlari uchun “Carucell” aksiyasini taqdim etadi. Abonentlar o‘z telefon balansini to‘ldirib borishi kifoya va yuzlab sovrinlar, shu jumladan, super-yutuq — Chervrolet Captiva avtomashinasini yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

G’oliblar uchun umumiy hisobda 5 Chevrolet Captiva avtomashinasi, 50 LCD televizorlari, 25 kir yuvish mashinalari, 100 mikroto‘lqinli pech va 250 DVD pleyerlar hamda ko‘plab boshqa sovg‘alar mavjud. 2400dan ortiq sovrinlar o‘z egalarini kutmoqda. “Carucell” aksiyasi joriy yilning 16-avgust kunidan 2011-yilning 31 yanvarigacha davom etadi.

Aksiya qoidalari oddiy. Har bir balans to‘ldirilganda har bir 5 ming so‘m uchun bir ball beriladi. Ya’ni, masalan, 15 ming so‘mga balans to‘ldirilganda abonent 3 ballga ega bo‘ladi. Mobil telefon aloqasi xizmatiga qancha ko‘p haq to‘lasangiz — shuncha ko‘p ball to‘planib, sovrinlar yutib olishga imkoniyat ham shuncha katta bo‘ladi. Asosiysi – har bir balans to‘ldirish miqdori 5 ming so‘mdan kam bo‘lmasligi lozim.

Aksiya besh bosqichdan iborat bo‘lib, har bir bosqich yakunlanganidan so‘ng super-yutuq sifatida Chevrolet Captiva avtomashinasi mazkur bosqich davomida eng ko‘p ballar to‘plagan abonentga topshiriladi. Boshqa abonentlar to‘plagan ball miqdori asosida LCD televizorlari, kir yuvish mashinalari, mikroto‘lqinli pech, DVD pleyerlar va boshqa qimmatbaho sovrinlarni qo‘lga kiritadilar.

Bundan tashqari, aksiyada ishtirok etgan, biroq sovrin egasiga aylanmagan va aksiya yakunlariga ko‘ra 3 va undan ortiq ball to‘plagan har bir ishtirokchiga joriy kalendar oyi davomida foydalanish uchun tarmoq ichida bepul 30 daqiqa va O‘zbekiston bo‘yicha 30 SMS taqdim etiladi.

Har bir bosqich nihoyasiga yetgach, sovrin yutgan abonentlar o‘z yutuqlari haqida xabar qilinadilar. Sovrinlar topshirilganda unga tegishli barcha soliqlar XK COSCOM MChJ (UCell savdo belgisi) tomonidan to‘lanadi.

Batafsil axborotni www.ucell.uz sahifasida va kompaniya ofislarida olish mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq