WWW.UZ 2010 – Internet-festivalidan mukofotlar!
07.08.2010
Rukn: Internet.
Muallif: .

5-avgustda O‘zbekistonda UZ milliy domeni internet-festival 2010 ish boshladi. Bu yil tanlov dasturiga 14 tematik nomisiyalar har biri ishtirokchilari uchun WWW.UZ milliy izlash tizimidan maxsus mukofotlar kiritilgan. Asosiy shart — saytlar WWW.UZ katalogidan ro‘yxatdan o‘tgan va Top-reyting schyotchigiga ega bo‘lishi kerak.

15 dan 21-sentyabrgacha ishtirokchilarni tahlil qilish va baholash vaqti davomida internet-festivalning har bir nominasiyasida ishtirokchilari orasida belgilangan vaqt mobaynida eng ko‘p xostlar to‘plagan 14 saytlar g‘olib bo‘ladilar.

WWW.UZ saytida yaqinda alohida bo‘lim yaratiladi, unda ishtirokchi saytlarning to‘plagan Top-reyting statistikalari bilan ro‘yxatlari ko‘rsatiladi. Shuningdek WWW.UZ ma’muriyati ishtirokchi saytlarga Internet-festival 2010 ga bag‘ishlangan maxsus hisoblagich o‘rnatadi.

Nopok usullarni qo‘llab ko‘rsatkichlari qalbakilashtirib oshirib ko‘rsatilishi payqab qolingan saytlar diskvalifikasiya qilinishini eslatib o‘tamiz. Agar sayt egasi ko‘rsatkichlar qo‘shib ko‘rsatilishida aybdor bo‘lmasa WWW.UZ ma’muriyati saytga tashrif buyurishlar statistikasini hisoblash uchun boshqa vaqt oralig‘ini olishi mumkin

Sayt egalarining WWW.UZ ma’muriyati bilan aloqalari uforum.uz Internet-festival tarmog‘i orqali amalga oshiriladi.

Manba WWW.UZ.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq