Milliy UZ 2010 domeni Internet-festivali boshlanishi to‘g‘risida matbuot-anjumani
07.08.2010
Rukn: Internet.
Muallif: .

5-avgust kuni O‘zbekiston aloqa tarixi muzeyida milliy UZ domeni internet-festivali boshlanishiga bag‘ishlangan matbuot-anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tashkilotchilar vakillari hamda jurnalistlar va uznetchilar ishtirok etdilar.

if_6_08_2010

Festival tashkilotchilari sifatida «O‘zbekiston madaniyat va san’at forumi» Jamg‘armasi, «Kelajak ovozi» tashabbuskor yoshlar markazi, UZINFOCOM kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish Markazi va Mirada Software kompaniyasi qatnashdi.

infoCOM.UZ jurnali festival koordinatori sifatida ishtirok etadi.

if_6_08_2010_1

O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi festivalni rasmiy qo‘llab-quvvatlaydi. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi nomidan O‘zAAA bosh direktori birinchi o‘rinbosari Ishanxodjayev Asror Arslanovich so‘zga chiqdi.

if_6_08_2010_2

U o‘z nutqida O‘zAAA har doim festivalni qo‘llab-quvvatlab kelganligini, chunki O‘zbekistonda AKT ni rivojlantirish uchun milliy internet-resurslarni, ayniqsa milliy UZ domenimizda rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.

U 2010-yil O‘zbekistonda barkamol avlod yili deb e’lon qilinganligini ta’kidladi va O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi, «O‘zbekiston madaniyat va san’at forumi» Jamg‘armasi, «Kelajak ovozi» tashabbukor yoshlar Markaziga festival tashkilotchilari bo‘lganlari hamda yoshlarga bag‘ishlangan o‘z nominasiyalarini shuningdek xotin-qizlar uchun va onalik, yosh avlodni tarbiyalash bilan bog‘liq maxsus nominasiyalarni ta’sis etganlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

if_6_08_2010_3

O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi nomidan O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Muallam Mirumarovna Zufarova so‘zga chiqdi. U qo‘mita festival ikki yangi tematik nominasiyalarini: «O‘zbeksiton xotin-qizlari yaratgan eng yaxshi veb-sahifa yoki veb-blog» va «Ayollar va bolalar reproduktiv salomatliklari va sog‘lom turmush tarziga bag‘ishlangan eng yaxshi sayt» nominasiyalarini ta’sis etishga qaror qilinganligini xabar qildi. Ushbu nominasiyalar O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi ekspertlari tomonidan baholanadi. G’oliblar O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi diplomlari va sovrinlari bilan mukofotlanadilar.

Shunday qilib, festival tayanch AKT ko‘nikmalari va bilimlariga ega xotin-qizlar sonining oshishiga, AKTdan ijodiy foydalanish ko‘nikmalariga ega iste’dodli va istiqbolli qizlar va ayollarni aniqlashga hamda ayollar uchun qiziqarli va foydali veb-saytlar hamda elektron resurslar yaratilishiga yordam beradi.

if_6_08_2010_4

«Kelajak ovozi» tashabbuskor yoshlar markazi nomidan markaz loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha koordinator Abduxakim Abduraimov so‘zga chiqdi. U «O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi» jamg‘armasi va «Kelajak ovozi» tashabbuskor yoshlar markazi bu yil birinchi bor festival tashkilotchilari sifatida ishtirok etayotganlari haqida so‘zlab berdi.

U internet tarmog‘i bu yoshlar muhiti ekanligini va shuning uchun «Kelajak ovozi» YoTM o‘z loyihalarini har doim ushbu muhitda amalga oshirgaligini ta’kidladi. Bu yil festival doirasida «O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi» Jamg‘armasi va «Kelajak ovozi» TYoM tomonidan «Yoshlar uchun eng yaxshi sayt» tematik nominasiyasi ta’sis etildi. Ushbu nominasiya Barkamol avlod yiliga bag‘ishlangan va unda maxsus yoshlar uchun mo‘ljallangan saytlar (maktablar, kollejlar, liseylar va OTM, yoshlar tashkilotlari va birlashmalari saytlari) ishtirok etadi.

Bundan tashqari, ushbu nominasiyada Barkamol avlod yiliga bag‘ishlangan eng yaxshi Internet nashrlari mualliflariga ham sovrinlar topshiriladi.

if_6_08_2010_5

UZINFOCOM markazi direktori Djalolitdin Raximov festivalning yana bir yangi nominasiyasi haqida so‘zlab berdi. Ushbu yil tanlov dasturiga har bir 14 tematik nominasiyalar ishtirokchilari uchun milliy WWW.UZ izlash tizimidan maxsus mukofotlar kiritildi. Mana shu maxsus nominasiyalarda ma’lum vaqt davomida har bir nominasiya ishtirokchilari orasida eng ko‘p xostlar to‘plagan 14 saytlar g‘olib bo‘ladilar. Ushbu nominasiya jamoatchilik ovoz berishi o‘rnini bosadi, chunki festival ishtirokchilari orasidan tashrif buyurilishi bo‘yicha aholining eng yaxshi ko‘rgan saytini aniqlashga imkon beradi. Festivalda ishtirok etayotgan saytlarning mazkur saytda ishtirok etishlari uchun faqatgina www.uz katalogi hisoblagichini o‘rnatishlari yetarli bo‘ladi.

if_6_08_2010_6

Mirada Software kompaniyasi direktori Rustam Valiyev uning kompaniyasi ikkinchi bor festival tashkilotchilari qatorida bo‘lishi va www.if.uz sayti texnik qo‘llab-quvvatlashini hamda ishtirokchilarni ro‘yxatga olish va hakam ishi bilan bog‘liq masalalarni festival sayti orqali on-layn rejimida hal qilib borishidan xursand ekanligi haqida so‘zlab berdi. Bundan tashqari, u festival UZ domen internet-resurslarini ommaviylashtirish bilan bir qatorda o‘zbek tilida saytlar yaratilishini faollashtirishi keraligi haqida fikr bildirdi. Bu O‘zbekiston fuqarolari orasida internet-foydalanuvchilar soni ortishiga olib keladi.

if_6_08_2010_7

Tabrik so‘zlaridan so‘ng jurnalistlarga taqdimot namoyish etildi, unda tashkilotchilar ushbu festivalni o‘tkazish maqsadlari va vazifalari haqida jurnalistlarga batafsil so‘zlab berdilar.

Bu yilda festival 2010-yilning 5-avgustdan 20-sentyabrga qadar o‘tkaziladi. Festival yakunlarini o‘tkazish InfoCOM 2010 axborot texnologiyalari haftaligi birinchi kunida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Festivalning asosiy vazifalari o‘tgan yillarda bo‘lgani kabi quyidagilar hisoblanadi: O‘zbekiston aholisi keng qatlamlari orasida internet tarmog‘ini ommaviylashtirish, milliy kontentni rivojlantirishda yordam ko‘rsatish, ijodkorlik, kasbiy faoliyat, dam olish uchun muhit, ishonchli va tezkor axborot, internet tarmog‘ida o‘zbek tilini qo‘llash sohasini kengaytirish manbai sifatida internet tarmog‘iga jalb qilish hamda yosh avlodda mamlakatimiz tarixi, madaniyati va milliy an’analarimizga hurmatli munosabatni shakllantirish.

Tanlovda festival o‘tkazilishi davomida amal qiluvchi va UZ domenida ro‘yxatga olingan saytlar ishtirok etishlari mumkin. Tanlovda ishtirok etish uchun hamkam a’zolari, sayt egalari, har bir xohlovchi festivalning www.if.uz rasmiy saytida taqdim etilgan ro‘yxatdan o‘tish shakli bo‘yicha taqdim etilishi mumkin. Ishtirok etishga arizalar berish muddati 2010-yilning 5-avgustdan 5-sentyabrga qadar belgilangan. Saytlarni baholash uchun internet-texnologiyalar, san’at, madaniyat, davlat boshqaruvi va boshqa sohalardan nufuzli mutaxassislardan hakamlar tashkil qilinadi. Festivalning tanlov dasturi 14 tematik nominasiyalar va 2 maxsus nominasiyalarni o‘z ichiga oladi.

if_6_08_2010_8

Taqdimotdan so‘ng savol va javoblar sessiya bo‘lib o‘tdi. Matbuot-konferensiyasi barcha ishtirokchilariga maxsus yaratilgan bo‘limdagi forumda festival o‘tkazilishi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishda faol ishtirok etish taklif etildi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq