Festival ish boshladi!
05.08.2010
Rukn: Internet.
Muallif: .

5-avgustda O‘zbekistonda UZ milliy domeni Internet-festival 2010 ish boshladi. Festival tashkilotchilari: «O‘zbekiston madaniyat va san’at Forumi» Jamg‘armasi, «Kelajak ovozi» tashabbuskor yoshlar markazi, UZINFOCOM kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi va Mirada Software kompaniyasi. infoCOM.UZ jurnali festival koordinatori sifatida qatnashadi.

Festivalga O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi rasmiy ko‘mak ko‘rsatadi.

Internet-festivallar mamlakatimizda 2001-yildan buyon o‘tkaziladi. 2007-yildan boshlab, milliy domenimiz resurslarini rivojlantirish maqsadida UZ milliy domeni internet-festivallari o‘tkaziladi. Bugungi kunga qadar internet-festivallar ikki yilda bir marta o‘tkazilar edi.

O‘zbekistonda bugungi kunda internet-foydalanuvchilar belgilangan soni taxminan 3 millionga teng.

Ikkinchi darajadagi «UZ» milliy domeni 1995-yil 29-aprelda yaratilgan. 2010-yil 5-avgust holatiga ko‘ra faqat ikkinchi daraja UZ zonasidagi faol domenlar soni 10500 dan ortiqni tashkil qiladi. UZ domeniga tegishli yana bir necha ming uchinchi daraja domenlari mavjud. Faqat 2010-yil boshidan beri UZ zonasida mingdan ortiq ikkinchi darajadagi domenlar ro‘yxatga olingan. Aynan shuning uchun. 2010-yildan boshlab, internet-festivallarni har yili o‘tkazilishiga qaror qilindi.

Festivalni o‘tkazishda asosiy tashabbuskorlar – O‘zAAA va UZ zonasi administratori hisoblangan UZINFOCOM markazi. UZINFOCOM markazi o‘z ehtiyoji va hukumat topshirig‘idan tashqari, boshqa domen nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazmaydi, lekin domen nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish sohasida raqobatbardosh muhitni ta’minlash bo‘yicha choralarni amalga oshiradi. Bugungi kunda O‘zbekistonda 7 ta rasmiy UZ zonasida domen nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar mavjud.

Bu yil festival 2010-yil 5-avgustdan 20-sentyabrga qadar o‘tkaziladi. InfoCOM 2010 axborot texnologiyalari haftaligining birinchi kunida festivalga yakun yasalishi mo‘ljallangan.

Festivalning asosiy maqsadi O‘zbekiston aholisi keng qatlamlari orasida internet tarmog‘ini ommaviylashtirish; ijod, kasbiy faoliyat, xordiq uchun muhit, ishonchli va tezkor axborot manbai sifati milliy kontentni rivojlantirishga ko‘maklashish; internet tarmog‘ida o‘zbek tili qo‘llanilishini hamda yosh avlodda tarix, madaniyat va mamlakatimiz xalqlari milliy urf-odatlariga nisbatan hurmat hissini shakllantirish muhitini kengaytirish hisoblanadi.

Tanlovda festival o‘tkazilishi barcha davri mobaynida amaldagi va UZ domenida ro‘yxatdan o‘tgan sayt qatnashishi mumkin. Tanlovda qatnashish hakam a’zolari tomonidan ko‘rsatilishi, sayt egasi, ixtiyoriy xohlovchi tomonidan www.if.uz festival rasmiy saytida taqdim etilgan ro‘yxatga olish shakli bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Talabnoma berish muddati 2010-yil 5-avgustdan 5-sentyabrga qadar.

Saytlarni baholash uchun internet-texnologiyalar, san’at, madaniyat, davlat boshqaruvi va boshqa sohalardagi nufuzli mutaxassislardan hakam a’zolari tuziladi.

Festivalning tanlov dasturi 14 tematik va 2 maxsus nominasiyalarni o‘z ichiga oladi.

Bu yilning tanlov dasturiga 14 tematik nomisiyalarning har biri ishtirokchilari uchun WWW.UZ milliy izlash tizimidan maxsus mukofotlar kiritilgan. Ushbu mazkur nominasiyada belgilangan vaqtda har bir nominasiya ishtirokchilari orasida eng ko‘p miqdordagi xostlar yig‘gan 14 ta sayt g‘olib bo‘ladi.

2010-yil festival tanlov dasturining asosiy farqli tomoni, O‘zbekistonda 2010-yil mamlakat Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan Barkamol avlod yili deb e’lon qilinganligi tufayli yangi tematik nominasiyalarning kiritilganligidir.

Masalan, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi internet-festivalda ishtirok etishga va ikki tematik nominasiyalarni kiritishga qaror qildi. Ayol o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalashda eng faol ishtirokchi hisoblanadi. Mana shu munosabat bilan «O‘zbekiston xotin-qizlari tomonidan yaratilgan eng yaxshi veb-sahifa yoki veb-blog» va «Ayollar va bolalar reproduktiv salomatligiga va sog‘lom turmush tarziga bag‘ishlangan eng yaxshi sayt» nominasiyalarini kiritildi. Mazkur nominasiyalar O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi ekspertlari tomonidan baholanadi. G’oliblar O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi diplomlari va sovrinlari bilan mukofotlanadilar. Shunday qilib, festival tayanch AKT ko‘nikmalari va bilimlariga ega ayollar sonining oshishiga, AKTdan ijodiy foydalanish ko‘nikmalariga ega iste’dodli va istiqbolli qizlar va ayollarni aniqlashga hamda ayollar uchun qiziqarli va foydali veb-saytlar hamda elektron resurslar yaratilishiga yordam beradi

«O‘zbekiston madaniyat va san’at Forumi» jamg‘armasi va «Kelajak ovozi» tashabbuskor yoshlar Markazi kabi nufuzli tashkilotlar ham bu yilgi festival tashkilotchilari sifatida ishtirok etdilar. Ular tomonidan «Yoshlar uchun eng yaxshi sayt» tematik nominasiyasi ta’sis etildi. Ushbu nominasiya Barkamol avlod yiliga bag‘ishlangan va unda maxsus yoshlar uchun mo‘ljallangan saytlar (maktablar, kollejlar, liseylar va OTM, yoshlar tashkilotlari va birlashmalari saytlari) ishtirok etadi. Mazkur nominasiyada Barkamol avlod yiliga bag‘ishlangan eng yaxshi Internet nashrlari mualliflariga ham sovrinlar topshiriladi.

Xar bir nominasiyalarda festivalning diplomi va sovrinlarini topshirish bilan birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlar beriladi. Hakamning qarori bo‘yicha ba’zi nominasiyalarda mukofotlar umuman yoki o‘rinlardan biri uchun taqdim etilmasligi mumkin. Festival sovrinlari va diplomlari sayt egasiga yoki uning vakiliga topshiriladi. Festival g‘oliblarini mukofotlash tantanali marosimi 20-sentyabr kuni O‘zbekiston Yoshlari Saroyida o‘tkaziladi.

Festival o‘tkazilishi bo‘yicha barcha savollar bilan murojaat etish festivalning www.if.uz saytiga yoki e-mail: if@infocom.uz manziliga mumkin.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq