MTSdan yangi «Ajoyib suhbatlar» tarifi
02.08.2010
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

O’zbekistonning eng yirik mobil aloqa operatori MTS-O’zbekiston kompaniyasi, «Мобильные ТелеСистемы» OAJning 100 foizlik sho’ba korxonasi, yangi «Ajoyib suhbatlar» tarif rejasini ishga tushirilganligini e’lon qiladi.

MTS kompaniyasi o’z abonentlariga yangi «Ajoyib suhbatlar» tarifini taklif etadi. Ushbu tarifning nomi o’zi aytib turibdi – yangi tarif o’z qarindoshlari va yaqinlari bilan uzoq vaqt suhbatlashadigan abonentlarga mo’ljallangan.

Ushbu tarifning asosiy ustunligi shundaki, tarmoq ichida suhbatning uchinchi va undan keyingi daqiqalar o’n marotaba arzon, chunki suhbatning birinchi 2 daqiqasidan keyin barcha keyingi daqiqalar narxi $0,001 (1 daq. uchun), birinchi ikki daqiqaning narxi – $0,01. Bundan tashqari, barcha kiruvchi qo’ng’iroqlar – bepul, O’zbekiston bo’yicha qolgan barcha chiquvchi qo’ng’iroqlar narxi – $0,025. Ushbu tarifda abonent to’lovi kuniga atigi $0,22.

«Ajoyib suhbatlar» tarifiga МТS ofislarida va dilerlik punktlarida ulanish mumkin. Avval ulangan abonentlar («RED» tarif rejalariga ulangan abonentlardan tashqari) quyidagi usullardan biri orqali «Ajoyib suhbatlar» tarifiga o’tishlari mumkin:

• Mobil portal orqali: *111#;
• USSD-komanda yuborib: *111*117#;
• 616117 raqamiga SMS orqali «1» yuborib,
• «Shaxsiy kabinet» yordamida.

* Xalqaro qo’ng’iroqlar va qo’shimcha xizmatlarga o’rnatilgan tariflarga muvofiq alohida haq to’lanadi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq