UCell: Internet uchun yangi aksiya
24.07.2010
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

XK COSCOM MChJ (O‘zbekiston Respublikasida o‘z xizmatlarini USell savdo belgisi ostida ko‘rsatadi), mamlakatning ikkinchi mobil telefon aloqasi operatori, yuqori tezlikdagi Internetga ega bolishni istaganlar uchun yangi taklif – “Strike” aksiyasini taqdim etmoqda.

Endi aksiyada ishtirok etayotgan abonentlar maxsus “3G modem” tarif rejasidagi SIM-kartalik yangi va bejirim shakldagi 3G USB modem, bir yil davomida har oy 50 Mb trafik, abonentning mobil telefoniga, mobil Internet uchun 30 Mb olishlari mumkin. Bunaqasi hali bo‘lmagan!

ucell_23_07_2010

3G modem – mobil telefon aloqasi tarmoqlari orqali Internetga ulanishning eng qulay usuli. Modemni kompyuterga ulash kifoya va Internet olami sizga muntazir.

Ulanish UCellning o‘z sotuv markazlarida va rasmiy diler punktlarida amalga oshiriladi. 50 MB Internet trafigi sifatidagi bonus ulanish kunidan boshlab, har oy, bir yil davomida taqdim etiladi.

ucell_23_07_2010_1

Mobil telefonga mobil Internet uchun 30 Mb olishni istaganlar maxsus USSD-so‘rov jo‘natishlari lozim. 30 Mb faqatgina Ucellning aktiv holatidagi Prepaid tizimidagi abonentlar uchun berilishi mumkin.

Ushbu aksiya faqatgina UCell Prepaid tizimidagi abonentlar uchun taqdim etiladi. Aksiya narxi – atigi $50, to‘lov amalga oshirilgan kunning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki belgilagan valyuta qiymatiga asosan, (QQS bilan).

Batafsil axborotni www.ucell.uz internet sahifasidan olish mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq