2010 yil birinchi yarim yilligida aloqa va axborotlashtirish sohasidagi faoliyat yakunlari e’lon qilindi
23.07.2010
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

2010 yil 21 iyulda O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligida O’zAAA Hay’ati yig’ilishi bo’lib o’tdi va unda 2010 yil birinchi yarim yilligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishi yakunlari e’lon qilindi.

Hay’at ishida Agentlik bo’limlar va hududiy boshqarmalar, aloqa va axborotlashtirish sohasidagi aksiyadorlik jamiyatlar, korxonalar va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi. Agentlik tizimiga kiruvchi mintaqaviy korxonalarning ishtiroki videkonferensiya yordamida amalga oshirildi. Barcha viloyat va tuman markazlari audiselektor aloqasi yordamida ulangan.

Yig’ilishni Hay’at Raisi, O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori X.Muxiddinov olib bordi.

Hay’at yig’ilishida O’zAAA Bosh direktorining birinchi o’rinbosari A.Ishanxodjayev kengaytirilgan ma’ruza bilan so’zga chiqdi.

Hisobot davrida aloqa va axborot-kommunikatsiya sohasi korxonalari tomonidan 911,6 mlrd. so’m miqdorida xizmatlar taqdim etildi (o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish 7 foizni tashkil etdi). Jami daromadlarning 60 foizini, ya’ni 552,4 mlrd. so’mni aholiga ko’rsatilgan xizmatlar tashkil etdi. Mazkur ko’rsatkich o’tgan yilning shu davriga nisbatan 4,4 foizga oshdi.

aci_23_07_2010

Chet-el investitsiyalari va kreditlarni to’g’ridan-to’g’ri jalb qilish hisobiga amalga oshirilgan loyihalar bo’yicha yillik prognoz 176 foizga bajarilgan.

Pochta aloqasi korxonalarida elektron pochtadan foydalanuvchilar soni 39,33 kishini tashkil etadi. 382 ta pochta aloqasi ob’ektlari kompyuterlashtirilgan. Pochta aloqasining 216 ta ob’ektida elektron pul o’tkazish xizmatlari ko’rsatilmoqda, shu jumladan, 190 ta pochta aloqasi ob’ektlarida xalqaro elektron pul o’tkazmalari amalga oshirilmoqda.

2010 yil 1 iyul holatiga ko’ra ma’lumotlarni uzatish, jumladan, Internet tarmog’iga ulash kabi xizmatlarni taqdim etuvchi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning soni 982 ni tashkil etdi, jamoa foydalanish punktlarining umumiy soni 1025 ga yetdi.

Xalqaro axborot tarmoqlaridang foydalanishning umumiy tezligi 150 Mbit/s ni tashkil etdi. Internet foydalanuvchilar soni 2,94 mln. kishini tashkil etdi, ya’ni har 1000 ta kishiga 105 foydalanuvchi to’g’ri kelmoqda. UZ zonasida ro’yxatdan o’tgan domenlarning soni bugungi kunda taxminan 10,53 mingni tashkil etmoqda.

Elektron hujjatlar aylanish tizimini rivojlantirish hamda amaliyotga tatbiq etish, dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va bir qator yo’nalishlar bo’yicha ularning eksportini rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, maxsus vakolatli organ tashkil etilib, u elektron raqamli imzo kalitlarini ro’yxatga oluvchi 5 ta markazni ro’yxatdan o’tkazdi. Bugungi kunda ERI kalitlari va kalit sertifikatlari soni 81 934 ni tashkil etdi. Olti oy mobaynida tashkil etilgan o’quv kurslarida 247 ta dasturchi tayyorlandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq, maktablar, akademik litseylar, kollejlar, oliy o’quv yurtlaridan jami 8 483 tasi “ZiyoNET” tarmog’iga ulandi. Shu jumladan “East telekom” korxonasi tomonidan jami 2 402ta ob’ekt “ZiyoNET” tarmog’iga ulangan.

“O’zbektelekom” AK va “Rubicon WC” QK tashabbusi bilan 7300 ta ta’lim muassasasini “ZiyoNET” tarmog’iga ulash belgilangan bo’lib, bugungi kunda 5 583 ta muassasa “ZiyoNET” tarmog’idan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ldi.

Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 23 avgustdagi 181-son qarorga asosan interaktiv davlat xizmatlari turi 94 taga yetdi. Bugungi kunda tasdiqlangan bazaviy interaktiv davlat xizmatlari asosida 344 ta xizmatlar on-layn tarzda taqdim etilmoqda.

2010 yil 1 iyul xolatiga AKMlar fondi 9 026 nus’hadagi adabiyotga oshgan hamda ularning umumiy hajmi 4 mln. 924 ming nusxani tashkil etdi. Ushbu davrda elektron katalogga 28 376 hujjatlarning bibliografik yozuvi kiritilgan va ayni kunda jami 412 727 hujjatlarning bibliografik yozuvi mavjud.

Yig’ilishda «Barkamol avlod yili» Davlat dasturi doirasida belgilangan vazifalarining aloqa va axborotlashtirish sohasidagi tegishli korxonalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi alohida muhokama etildi.

aci_23_07_2010_1

Davlat dasturlarini amalga oshirish hamda sohani yanada va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish bilan bog’liq masalalarni mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy islohotlarga muvofiq tarzda yechishda rahbarlarning mas’uliyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yosh kadrlarni tayyorlash jarayonini takomillashtirish, aloqa va axborotlashtirish korxonalari va tashkilotlarida ularning samarali faoliyat yuritishlari uchun sharoit yaratish, bo’sh vakansiyalar borasida xabardor qilish, bitiruvchilarning korxonalarda ishlashi uchun sharoit tegishli sharoitlarni yaratishga qaratilgan masalalar muhokama etildi. Bundan tashqari, TATU va sohaning boshqa o’quv muassasalari talabalarining ta’lim sifatiga alohida e’tibor qaratildi.

Muhokamaga qo’yilgan masalalar yuzasidan Hay’at tegishli qarorlarni qabul qildi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq