MTS-O’zbekiston kompaniyasidan yangi «VIP Kun» xizmati
16.07.2010
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O’zbekistonning eng yirik mobil aloqa operatori MTS-O’zbekiston kompaniyasi, «Мобильные ТелеСистемы» OAJning 100 foizlik sho’ba korxonasi, yangi «VIP Kun» xizmati ishga tushirilishini ma’lum qiladi. Unga ulangan abonentlar kun davomida tarmoq ichida cheklanmagan miqdorda qo’ng’iroqlarni amalga oshirish imkoniga ega bo’ladi.

2010 yil 15 iyuldan boshlab МТS-O’zbekiston kompaniyasi o’z abonentlariga yangi «VIP Kun» xizmatiga ulanishni va keyingi kun davomida o’z do’stlari va yaqinlari bilan BEPUL muloqotda bo’lishni taklif etadi. Xizmatni yoqish uchun atigi $0,99 to’lash kifoya!
Xizmatni yoqish:
• USSD-komandani terib:*111*0991# («Mobil yordamchi» xizmati);
• «Mobil portal *111#» orqali;
• «Shaxsiy kabinet» Internet xizmati orqali;
• 616099 raqamiga SMS orqali «1» yuborib («SMS-yordamchi» xizmati)*.

«Abonentlarimizning ko’pchiligi asosan o’z do’stlari va yaqinlariga ko’proq qo’ng’iroq qiladilar. Aynan shunday abonentlarimizga biz yangi «VIP Kun» xizmatiga ulanishni va MTS tarmog’ida istagancha cheksiz muloqotda bo’lishni taklif etadi», — deb ta’kidladi MTS-O’zbekiston kompaniyasi bosh direktorining tijorat bo’yicha o’rinbosari N.K. Shadmonov.

Izohlar
• Xizmat yoqilgandan keyin tarmoq ichida barcha chiquvchi qo’ng’iroqlar keyingi kuni narxlanmaydi.
• Xizmat muvaffaqiyatli yoqilgandan keyingi kun boshida abonent blokirovkaga tushib qolsa, hisob to’ldirilmagunigacha xizmatdan foydalanib bo’lmaydi.

Xizmat yoqilganda abonent hisobida yetarli mablag’ ($0,99 dan ortiq) bo’lsa, xizmat yoqiladi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq